Xatirçi tumanida 2-sinf öquvçisi piyodalar ötiş joyidan yölni kesib ötayotganida uni BYD maşinasi urib, bosib ötib ketdi. Haydovçi maşinani aholi yaşaş hududida 142 km/soat tezlikda boşqargan. 4 iyul kuni tarmoqlarda tarqalgan videoni körib dahşatga tuşişdan öziga kelib ulgurmagan odamlar, Samarqandda "Nexia-3" avtomobili 7 yoşli qizni ustidan bosib ötib ketib öldirganini körişdi.

Bu qörqinçli va ayançli tasvirlar jamoatçilikni larzaga soldi. Jamoatçilik faollari, huquqşunos va iqtisodçilar bu borada zudlik bilan çoralar körilişi kerakligini aytişmoqda. Kun.uz şulardan ba’zilarini bir maqolaga jamladi.

“Biz hammamiz aybdormiz. 6 yil ötdi, lekin heç narsa qilinmadi”

Bloger Nikita Makarenko 2018 yilda yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi tugatilişi kerakligi haqida yozganini eslarkan, hozir ham şu fikrida qolganini aytmoqda. U 6 yil ötgan bölsa ham mas’ullar avtohalokatlarni kamaytiriş borasida biror işni amalga oşirmagan deb hisoblaydi.

“Strategiya yöq, real rejalar yöq, xavfsiz köçalar yöq, birortasi yöq. Jazoning muqarrarligi ham yöq, bunday yaşab bölmaydi.

Butun Özbekiston Navoiyda avtomobil ğildiraklari orasida qolib, vafot etgan qizaloqni muhokama qilmoqda. Heç qaysi maşina uni ötkazib yuboriş uçun piyodalar yölagida töxtamadi. Bu ölim (qolgan hammasi)ga nafaqat haydovçilar, balki:

  • qotil haydovçilarga nisbatan hali ham haqiqiy çoralarni köra olmayotganlar (avtomobil va haydovçilik guvonomasidan mahrum qiliş, amnistiyasi qamoq jazosi, ballar tizimi. Qani ular?);
  • piyodalar uçun real xavfsiz muhandislik çoralarini köra olmayotgan odamlar (majburiy kötarilgan ötiş joylari, svetoforlar);
  • "60 km/soat kam, 70 km/soat tezlikni qaytaring" deb yiğlayotgan ahmoq va noşud odamlar aybdor. (Hamma blogerlar, faollar jarimalarni oşiriş haqida yozişsin. Bizga 50 km/soat kerak. Va har bir burçakka radarlar ham, 10 mln sömgaça jarimalar ham zarur! Haydovçilik guvohnomasidan ham mahrum qilişsin)”,– deydi u.

Blogerning qöşimça qilişiça, yetarli çora körmaganlarning hammasi bolalar ölimida aybdor. “Biz hammamiz aybormiz. Nimadir qilişga harakat qilyapmiz, lekin 6 yil ötdi. Heç narsa qilinmadi”, – deya yozgan Makarenko.

“Yana bir bolajon maşina tagida qolib öldi: közyoşlarning oğirligi yöq”

Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev esa ayni vaziyatda qonunçilikda tizimli özgarişlar qilinişi zarurligini ta’kidlagan. U postida mas’ullar muammoni hal qiliş uçun xohişi yöqligiga işora qilgan.

“Afsuski, bunaqa holatlarni keskin kamaytira olmayapmiz, çunki buni çin dildan xohlab, harakat qiladigan mardlar topilmayapti.

Yöl harakati xavfsizligini yaxşilaşga oid jiddiy çoralar köriş paytida şu soha tepasidagi mas’ullar ham, hukumat vakillari ham ijtimoiy tarmoqdagi “avtoterrorist”larning oh-vohidan xavotir oladi va qörqqanidan ular bilan hisoblaşadi.

Aslida esa hukumat şahar içida 170 tezlikda yuradigan “avtoterrorist”lar bilan emas, aksinça qoidabuzarlar tufayli farzandini, ota-onasini va boşqa jigarlarini yöqotgan fuqarolar bilan hisoblaşişi kerak edi. Ularning dardini eşitişi va boşqa qaytarilmasligi uçun keskin çoralar körişi şart edi. Afsuski bizda unday emas. Ming afsus.

Özi tinimsiz radarga tuşib, keyin videoda “voy-dod, oyligim kam, endi bu jarimani qanday tölayman” deb yiğlaydigan ahmoqlar, qança köp qoida buzganini ijtimoiy tarmoqlar orqali köz-köz qilib, maqtanadigan maşhur kaltafahm san’atkor va blogerlar, qonunlarga qançalik tupurib qöyganini körsatişga urinadigan kattakonlarning betayin arzandalari Özbekistonda tarozi pallasini köproq bosib yubormoqda. Ularning toşi oğir, bolasini yöqotganlarning közyoşlari esa yengil kelmoqda.

Afsus, ming afsus…”,– deydi u.

Huquqşunos posti davomida Senatda hanuzgaça taqdiri hal qilinmagan yöl xavfsizligi tizimini takomillaştirişga oid qonun loyihasini eslagan.

“Eng qiziği, biz bor narsani ham eplab oxiriga yetkaza olmaymiz. Butun boşli Konstitutsiyaga qarşi iş qilayotgan bölsak ham, tomoşabin bölib turaveramiz.

Masalan, ötgan yili haydovçilar uçun jarima ballari tizimini joriy etişga oid qonun loyihasi işlab çiqilgan edi. Aslida bu tizim 2022 yil 1 dekabrda işga tuşişi kerak edi, bu haqda Prezident qarorida aytilgandi. Lekin 1 yarim yildan buyon qaror talabini bajarişmayapti. 2023 yil noyabr oyiga kelib, bu haqdagi qonun Parlamentda körib çiqilişni boşladi.

Mana şu yaxşi qonunning ham boşiga yetişdi. Eng avvalo ayrim mansabdorlar qonunning içiga umuman mazmunan mos kelmaydigan Konstitutsiyaga zid bitta moddani qöşib yuborişgan. Ya’ni organ xodimini video va fototasvirga olib, Internetga joylaş mumkin emas, degan qoidani tiqişgan. Vaholanki, bu qoida Konstitutsiyadagi axborot oliş va tarqatiş hamda söz erkinligiga zid. Içki işlar vazirligi qilganmi buni yoki boşqa taşkilotning buyurtmasi bölganmi, ma’lum qilinmadi.

Bu qonun uçun namuna olindi deb aytilgan Fransiyadagi qonunni Fransiya Konstitutsiyaviy sudi bekor qiliş haqida qaror çiqargan, çunki bu fransuzlarda ham Konstitutsiyaga zid deb topilgan”, – deydi Xudoyberdiyev.

Mutaxassisning aytişiça, masalaga befarq böliş kerakmas, qonun tezkorlikda qabul qilinişi lozim.

“Oçiği men bu qonun böyiça köp ham bosim qilişni xohlamayotgan edim, çunki bizda şunaqa bosim bölsa, "tezda tasdiqlavoraylik" deb qolişlari mumkin va haligi ahmoqona modda ham kuçga kirib ketişi heç gap emas.

Lekin köp kuta olmaymiz ham. Har kuni yöllarimizda bolalar ölyapti axir.

Agar befarq bölmasangiz kanalingiz nomini "yöllarda bolalar ölmoqda" ga özgartirişingizni sörab qolaman.

Qonuniy tomondan tizimli özgarişlarni tezroq kuçga kiritiş zarur”,– deydi huquqşunos.

“Şaxsiy manfaatlar insonlarning halok bölişiga olib kelmoqda”–

Sobiq deputat, ayni vaqtda Ekologiya vaziri maslahatçisi Rasul Kuşerbayev ham huquqşunosning fikrini davom ettirgan holda jarima ballari muhimligini eslatgan.

“Yöl harakati qoidabuzarliklarini jarima ballari asosida baholaş tizimi”ni tezroq işga tuşiriş zarur.

Içki işlar vazirligi va boşqa mas’ullar uşbu tizimni işga tuşiriş böyiça qonun loyihasiga boşqa masalalarni (tasvirga olib tarqatganlik uçun jazo) aralaştirmaganida qonun allaqaçon qabul qilingan bölardi.

Bugun idoraviy, şaxsiy manfaatlar köplab haydovçilikka nomunosib şaxslarning rul boşqaruvida qolişi va insonlarning halok bölişiga olib kelmoqda. Yöllarda siz-u bizning farzandlarimiz, yaqinlarimiz yoki özimizni bosib öldirişga tayyor potensial qotillar köp. Ularni haydovçilik huquqidan mahrum qilib, avtomobil boşqaruviga yaqinlaştirmaslik çoralari körilmasa ertaga hammaning boşiga yetişadi”,– deydi u.

Kuşerbayev agar qoidabuzarliklarni jarima ballari orqali baholaş tizimi tezroq joriy qilinganda Ğallaorolda YTH sodir etgan yigitning ham haydovçilik guvohnomasi avvalgi qoidabuzarliklari uçun olib qöyilgan bölardi va u öquvçilarni bosib ketmasdi – degan fikrda.

Qimmat jarima, qaqşatqiç va muqarrar jazo bölişi kerak

Iqtisodçi Şuhrat Qurbonov ham şu masalada öz fikri bilan bölişib, muhim 4 ta taklifini ilgari surgan.

“1. [Yöl qoidalarini buziş bilan boğliq] qator jarimalardagi, masalan, tezlikni 20 km/soatdan oşirişga, qizildan ötişga, polosani bosişga, favqulodda avtomobilni boşqarişga nisbatan çegirmalarni olib taşlaş kerak. Tuşumlarni oşirmoqçi bölsangiz, teskarisini qiling – har 2 haftada jarima summasini 30-50 foizga oşiring. Şuni sinab köring, bu çegirmadan köra yaxşiroq işlaydi.

2. Xavfli haydaş tuşunçasini kengaytiriş kerak – yölda qarama-qarşi yönalişda harakatlaniş (çiziqni bosib emas, aynan qarama-qarşi yönalişda haydaş), şahar içida tezlikni 40 km/soatdan oşirganlik uçun [haydovçining] guvohnomasini 6 oy va undan köp muddatga olib qöyiş kerak.

3. Hamma kameralarni joyiga qaytariş kerak. Şaharning köp joylarida noma’lum sabablarga köra, kameralar ğoyib bölgan. Ularning sonini köpaytiriş kerak. Nafaqat tezlikni qayd etadigan, balki avtomobilni boşqariş vaqtida telefondan foydalanganlikni ham yozib oladigan bölişi zarur.

4. Nazoratda inson omilini yöqotiş kerak, qaysi raqamdagi, qanday harfdagi avtomobil haydovçisi qoidani buzgani ahamiyatsiz, qoidani buzdimi, jarimani tölasin. Öylaymanki, hurmatli odamlarimizda jarimani tölaş uçun yetarliça pul bor.

Hurmatli qaror qabul qiluvçilar, bular bugun qilinişi kerak bölgan me’yorlar, to sizning yaqiningiz YTH qurboni bölmagunça kutmang”,– deydi u.

Şuningdek, Qurbonov amaldagi Ma’muriy javobgarlik kodeksining takror huquqbuzarliklar uçun jazo kuçaytirilişi haqidagi normasi ham qonuniy ekanini yozib, bu xato ekaniga işora qilgan.

Ma’lumot uçun, 2024 yilning 5 oyida 359 nafar öquvçi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir etilgan. Buning oqibatida 65 nafar bola halok bölgan. Navoiy va Samarqandda ğildiraklar ostida qolgan bolalar esa yil boşidan buyon neçançi qurboni ekani noma’lum.