Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahri BYD Song Plus va Spark iştirokida YTH sodir böldi. Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilişiça, voqea 4 iyul kuni soat taxminan 7:53 larda Qarşi şahri «Böston» MFY hududidan ötuvçi 4R-92 davlat ahamiyatdagi «Qarşi-Tallikuron-Kasbi-Jyeynov-Pomuq» avtomobil yölining 2-kilometrida sodir bölgan. Haydovçi öz boşqaruvidagi Spark maşinasida orqaga burilayotganida haydovçi X.L. boşqaruvidagi BYD Song Plus yöliga çiqib ketgan va töqnaşuv yuz bergan. Spark qarama-qarşi yönalişda kelayotgan Nexia bilan ham töqnaşgan.
YTH oqibatda Spark haydovçisi R.A. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan, lekin şifokorlar tomonidan birinçi yordam körsatilişiga qaramasdan şifoxonada vafot etgan. BYD Song Plus maşinasi haydovçisining ahvoli esa yaxşi ekani aytilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda BYD Song Plus şahar hududi bölişiga qaramay, katta tezlikda harakatlanganini köriş mumkin.
Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, BYD Song Plus maşinasi Qaşqadaryo viloyati hokimligiga tegişli bölgan. Undan hokimlik xodimlari navbatçi maşina sifatida foydalanişgan. Bu ma’lumotni tahririyatning viloyat hokimligidagi manbasi ham tasdiqladi.

















