O‘zbekiston | 20:25 / 24.12.2019
21872
2 daqiqa o‘qiladi

Markaziy bank boshqaruvining ilk mustaqil a'zolari tayinlandi

Senat kengashi Adham Bekmurodov va Ziyodullo Parpiyev nomzodlarini ma'qulladi.

Adham Bekmurodov va Ziyodulla Parpiyev

O‘zbekiston Markaziy banki boshqaruvi a'zolari tarkibida o‘zgarish ro‘y berdi.

Unga ko‘ra, «El-yurt umidi» jamg‘armasi direktori vazifasini bajaruvchi Adham Bekmurodov va Toshkent shahridagi Vestminster universiteti amaliy matematika bo‘yicha magistratura kursi rahbari Ziyodullo Parpiyev bank boshqaruvining mustaqil a'zolari etib tayinlandi.

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, mazkur ikki nomzod 24 dekabr kuni MB taqdimnomasiga asosan Senat kengashi tomonidan tasdiqlangan.

Shuningdek, MB Ijro apparati rahbari Olimjon Ernazarov va Kredit tashkilotlari predensial nazorat departamenti direktori Abrorxo‘ja Turdialiyev bank boshqaruvi tarkibidan chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank to‘g‘risidagi qonun noyabr oyida yangi tahrirda qabul qilingan va unda regulyatorning boshqaruv a'zolari soni 11 nafardan 9 nafarga qisqartirilib, ulardan 2 nafari mustaqil a'zolar bo‘lishi belgilangan edi.

Boshqaruv – Markaziy bankning oliy organi bo‘lib, uning tarkibiga bank raisi, uning o‘rinbosarlari va ikki nafar mustaqil a'zo kiradi.

Mavzuga oid