Fan-texnika | 23:30 / 26.12.2019
38603
2 daqiqa o‘qiladi

Smartfonlarni quvvatlashda keng tarqalgan xato ma'lum qilindi 

Smartfon egasi o‘z qurilmasini tuni bilan quvvatlanishga qo‘yishi va batareyasi 100 foiz to‘lgach ham quvvatlash qurilmasidan uzmasligi sababli smartfon akkumulyatori xizmat muddati qisqaradi. Bu haqda Business Insider nashriga BatterieIngenieure nemis kompaniyasi direktori Dominik Shulte so‘zlab berdi.

Ekspertning ta'kidlashicha, smartfon batareyasi zaxirasi quvvatlanganlik darajasi 30-50 foiz bo‘lganda sekinroq qisqaradi. Mutaxassis, misol uchun, gadjetlarni ertalab quvvatlashni tavsiya qilgan.

Business Insider’da ta'kidlanishicha, smartfonlarda qo‘llanuvchi barcha litiy-ionli akkumulyatorlar kimyoviy tarkibi o‘zgarishi sababli eskirishga moyil. Shu sababli ular cheklangan xizmat muddatiga ega. 

Shu bilan birga Google kompaniyasining mahsulotlar bo‘yicha menejyeri  Ronald Xoning aytishicha, bugungi kunda kompaniyalar o‘z qurilmalarida quvvatlashni optimallashtirish texnologiyasini qo‘llayotganlari sababli smartfonni haddan ziyod uzoq quvvatlash zararligi haqidagi fikr o‘z dolzarbligini yo‘qotgan. Uning ta'kidlashicha, ba'zi qurilmalarda batareya 100 foiz to‘lgach, uni quvvatlash to‘xtaydi.

Mail.ru mutaxassisi Dmitriy Ryabininning ta'kidlashicha, smartfon batareyasining 100 foizgacha quvvatlanishi uning to‘liq quvvatsizlanishi kabi akkumulyator xizmat muddatini qisqartiradi.

Ta'kidlanishicha, Apple va Samsung kompaniyalari ham smartfon batareyasi quvvatini 50 foiz atrofida ushlashni tavsiya qilishadi. 

Mavzuga oid