Jamiyat | 11:00 / 30.12.2019
12947
6 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Freedom Finance yil natijalarini sarhisob qildi

28 dekabr kuni O‘zbekistondagi Freedom Finance kompaniyasining matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi, ushbu anjumanda o‘tgan yilning asosiy voqealari yoritildi va kompaniyaning 2019 yildagi faoliyati yakunlari e'lon qilindi.

Foto: Freedom Finance

O‘zbekistondagi Freedom Finance kompaniyasi uchun yilning eng muhim voqeasi – SPO'da shisha ishlab chiqaruvchi yirik korxona – «Kvars» AJning mahalliy broker Portfolio Investmens bilan bir qatorda bitimning rasmiy anderrayteri sifatida ishtirok etgani bo‘ldi. SPO tashabbuskori «Kvars» AJ ning asosiy aksiyadori – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hisoblanadi. Davlat aksiyalarining 5 foizi joylashtirildi.

«Kvars» AJ, SPO doirasida 4.822.460 dona aksiyalarini sotishni rejalashtirgan edi. «Toshkent» Respublika fond birjasi ma'lumotlariga ko‘ra, aksiyalarning jami 4.890.179 donasiga 2.153 ta talabnoma kelib tushdi, ular obuna bo‘lish uchun taklif etilgan qimmatli qog‘ozlar hajmidan 1.4% ga oshib va natijada 101.4% ni tashkil etdi. Jalb etilgan mablag‘larning umumiy hajmi – 16.03 mlrd so‘mni tashkil etdi, Freedom Finance buyurtmalarning asosiy qismini, ya'ni 3.973.716 ta aksiyalar uchun 1.700 ta talabnomani jalb etdi, bu esa qimmatli qog‘ozlarning 82.4% ga sotilishini ta'minladi. Freedom Finance orqali jalb qilingan mablag‘lar hajmi 13.03 mlrd so‘mni tashkil etdi. Shuni ta'kidlash lozimki, SPO «Kvars» AJ kompaniyasi pul ko‘rinishida sotuvga qo‘yilgan aksiyalar hajmi bo‘yicha eng yirigi hisoblanadi.

28 dekabr kuni Freedom Finance SPO doirasida «Kvars» AJ aksiyalarini sotib olish uchun ariza bergan investorlar orasida ikki xonali kvartiraning g‘olibini aniqladi. 

2019 yil oktyabr oyida O‘zbekistondagi Freedom Finance kompaniyasini o‘z ichiga olgan Freedom Holding Corp. bosh xolding kompaniyasi Nasdaq Capital Market'da listing jarayonidan o‘tdi va Nyu-Yorkda «FRHC» savdo belgisi ostida Freedom Holding Corp.'ga qarashli oddiy aksiyalari savdosi boshlandi, bu esa kompaniyaning samarali faoliyat ko‘rsatayotganini yaqqol namoyish etib, yuqori professional standartlar va moliyaviy institutlarning ishonchliligi uchun xalqaro mezonlarga javob bera olishiga tasdiqdir.

Kompaniya O‘zbekiston fond bozorida yuqori darajadagi xalqaro tajribani joriy etishga intilmoqda. Shu tariqa, 2019 yil aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi va «Toshkent» Respublika fond birjasi ko‘magi bilan «O‘zsanoatqurilishbank» OATB (Investor kuni) va «Kvars» AJ (Emitent kuni) o‘zaro qo‘shma loyihalar amalga oshirildi. Bunday tadbirlar emitentlarning ochiqligi va shaffoflikka bo‘lgan intilishini ta'minlaydi hamda minoritar investorlarga emitent kompaniyalarning uzoq muddatli rejalari to‘g‘risida ma'lumot berish, shuningdek ishlarni tahlil qilish bilan tanishish imkoniyati ishonch va o‘zaro tushunishni oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.04.2014 yildagi PF-4720-sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 13-bandiga muvofiq har yili o‘tkazib kelinayotgan «Kapital bozorida eng ilg‘or» tanlovi natijalariga ko‘ra, Freedom Finance «2018 yilning eng yaxshi investitsiya vositachisi» unvoniga sazovor bo‘ldi.  

Freedom Finance'ning O‘zbekistondagi asosiy vazifasi – bu keng aholi o‘rtasida investitsiyalar sohasidagi ma'rifiy ishlar olib borishdan iboratdir. Fond bozori qanday ishlashini yaxshiroq tushunishni, xavf-xatarni qanday o‘lchashni va pul ishlab topishni o‘rganishni istaganlar uchun Freedom Finance O‘zbekistonning 8ta shaharida «Investitsiya san'ati» va «Moliyaviy degustatsiya» mavzusida bepul mahorat darslarini o‘tkazishda davom etmoqda. 

Freedom Finance haqida ma'lumotnoma: O‘zbekistondagi XT «Freedom Finance» MChJ Freedom Holding Corp. xoldingi (AQSh) tarkibiga kiradi . Freedom Holding Corp. Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi Freedom Finance sho‘'ba korxonalari orqali moliyaviy xizmatlar, chakana brokerlik operatsiyalari, investitsiya masalalari bo‘yicha maslahatlar, qimmatli qog‘ozlar savdosi, investitsion-bank va anderrayting xizmatlarini taqdim etadi. 

Kompaniya Qozog‘iston fond birjasi (KASE), Astana Internationa lExchange (AIX), Moskva birjasi (MOEX), Sankt-Peterburg birjasi (SPB), «Toshkent» Respublika fond birjasi va Ukraina birjasining professional ishtirokchisidir. Kompaniyaning bosh ofisi Olmaotada (Qozog‘iston) joylashgan, Rossiya va AQShda qo‘shimcha ofislari mavjud. Mazkur kompaniya Qozog‘iston, Rossiya, Qirg‘iziston, Ukraina, O‘zbekiston, Germaniya va Kiprdagi 70ta filiali orqali 100.000 dan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatadi va o‘z mijozlariga savdo va buxgalteriya faoliyati uchun mobil platforma bo‘lgan TraderNet bilan ishlash imkoniyatini taqdim etadi. XT «Freedom Finance» MChJ Freedom Finance'ning O‘zbekistonda joylashgan filiallari tarmog‘i Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qarshi va Nukus shaharlarini o‘z ichiga qamrab oladi. 

Eslatma: Qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarga egalik qilish har doim tavakkallar bilan bog‘liq  qimmatli qog‘ozlar va boshqa moliyaviy vositalarning qiymati o‘sishi ham, tushib ketishi ham mumkin.

Freedom Finance kompaniyasi
Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid