Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Ukrainaning e'tirozini ko‘rib chiqmay Kiyevga qaytarib berdi
Rossiya tashqi ishlar vazirligi Ukrainaning Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Qrimga tashrifi yuzasidan bildirgan e'tirozini ko‘rib chiqmay Kiyevga qaytarib berdi. Bu haqda vazirlik saytida ma'lum qilindi.
“Rossiya tashqi ishlar vazirligi e'tiroz uchun asos yo‘qligi sababli bizga kelib tushuvchi bu turdagi murojaatlar kabi bu notani Ukraina tomoniga qaytarib berdi”, deyilgan vazirlik xabarida.
Rossiya tashqi ishlar vazirligida ta'kidlanishicha, Putin va Rossiyaning boshqa rasmiy shaxslari Rossiya hududi bo‘ylab o‘z safarlari borasida boshqa davlatlar bilan kelishishga majbur emas.
Vazirlikda, shuningdek, Ukrainani “Qrim va Sevastopol Rossiyaga tegishli ekanini haqiqat sifatida qabul qilishga” chaqirilgan.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vazirligi Putinning Qrimga tashrifi yuzasidan norozilik bildirgandi.
Rossiya prezidenti 23 dekabrda Qrimga tashrif buyurib, Qrim ko‘prigi orqali temir yo‘l qatnovini rasman ochib bergandi.
Mavzuga oid
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:34 / 08.06.2026