O‘zbekiston | 09:57 / 14.01.2020
14627
2 daqiqa o‘qiladi

Mahalliy kengashlarga saylovlar natijasi: partiyalarning hududlardagi ko‘rsatkichlari e'lon qilindi

Hududiy saylov komissiyalari tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga saylovlarning yakuniy natijalari e'lon qilindi. “Yuksalish” umummilliy harakati barcha ma'lumotlarni umumlashtirgan holda, qaysi siyosiy partiya hududlarda yaxshi natija qayd etganligini tahlil qildi.

Viloyat, shahar Kengashlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida Qonunchilik palatasiga bo‘lib o‘tgan saylovlardagi kabi eng ko‘p deputatlik o‘rnini O‘zLiDeP (303 joy yoki 36,5 foiz) vakillari egallagan. E'tiborlisi, saylovoldi poygasini ikkinchi bo‘lib XDP (181 yoki 21,8 foiz) yakunlagan. 3-o‘rinda “Milliy tiklanish” DP (159 yoki 19,1 foiz). “Adolat” SDP (107 yoki 12,9 foiz) to‘rtinchi, Ekopartiya vakillari esa beshinchi (81 yoki 9,7 foiz) o‘rinni qayd etishgan.

Mavjud 831 ta o‘rinning 260 tasi (31 foiz) ayollar. Bu boradagi eng yaxshi ko‘rsatgich Navoiy viloyatida (23 deputatlar yoki 38,3 foiz) kuzatilgan, keyingi o‘rinlar Samarqand (22 yoki 36,7 foiz) va Jizzax (20 yoki 35,1 foiz) viloyat Kengashlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Eng kam ayollar Sirdaryo viloyati Kengashida — 12 yoki 24 foiz.

Mavzuga oid