Senat yalpi majlisida ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyatining mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlaşga, sudlar faoliyati haqida jamoatçilikni xabardor qilişga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutuvçi qonun muhokama qilindi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekşiriş institutini takomillaştiriş orqali protsessual kodekslarga fuqarolar uçun qulay hamda soddalaştirilgan tartibni yaratişga qaratilgan tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritilgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada sud hokimiyatining mustaqil holda iş yuritişiga va sudyalar muayyan işlar böyiça hisobdor bölmasligiga oid konstitutsiyaviy kafolatlar belgilab qöyilgan.

Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga sudlar raislarining xalq deputatlari mahalliy kengaşlariga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etişi haqidagi qoidani bekor qilişni, sudlarning öz faoliyati töğrisida jamoatçilikni har çorakda ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib borişini, şuningdek, sud qarorlarini qayta köriş instituti takomillaştirilganligi munosabati bilan yagona sud amaliyotini ta’minlaşni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritilmoqda.

Ta’kidlanişiça, qonun sudyalar zimmasiga odil sudlovni amalga oşiriş bilan boğliq bölmagan biror-bir majburiyat yuklatilişining oldini olişga hamda ular faoliyatining şaffofligini ta’minlaşga, qonunçilikdagi ayrim böşliqlar va ziddiyatlarni bartaraf etişga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.