Jahon | 23:11 / 15.01.2020
8855
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya elchisi hukumatga qarshi namoyishlardagi ishtirokidan keyin Eronni tark etdi 

Britaniyaning Erondagi elchisi Robert Maker

Britaniyaning Erondagi elchisi Robert Maker Tehronni tark etdi. Bu haqda Tasnim nashri xabar berdi.

Maker avvalroq Eron Ukrainaning yo‘lovchi samolyotini urib tushirganini tan olgandan keyin boshlangan norozilik namoyishlarida ishtirok etgan. Politsiya tomonidan ushlangan faollar orasida Britaniya elchisi ham bo‘lgan. 

Eron ommaviy axborot vositalari ma'lum qilganidek, Maker Tehrondagi Amir Kabir nomidagi universitetda o‘tgan namoyishlarda “gij-gijlash bilan shug‘ullangan hamda ba'zi radikal harakatlarga boshchilik qilgan”.  

Shundan keyin Eron tashqi ishlar vazirligi britaniyalikni chiqarib yuborish bilan tahdid qilgan. Maker o‘z aybini rad etgan. Uning ta'kidlashicha, u aviahalokat qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiyaga taklif qilingan, aslida esa aksiya ishtirokchilari hukumatga norozilik bildirish uchun yig‘ilgan bo‘lganlar.  

Britaniyalik Eronni nima uchun tark etgani noma'lum. Taxminlardan biriga ko‘ra, Tehronda unga qarshi kayfiyatlar kuchaygan va shu sababli unga bu yerda qolish xavfli bo‘lib qolgan.

Mavzuga oid