O‘zbekiston | 19:55 / 02.02.2020
37155
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada chempioni Ruslan Nuridinov uylandi

Bugun Andijon shahridagi «O‘zbekiston» tantanalar uyida og‘ir atletika bo‘yicha olimpiada chempioni Ruslan Nuridinov va Almira Mamatkazinalarning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi.

Ruslanning umr yo‘ldoshi Almira Mamatkazina ham sportchilar oilasidan bo‘lib, sinxron suzish bilan shug‘ullangan.

 Kun.uz sayti yangi hayot ostonasiga qadam qo‘ygan ikki yoshga oilaviy baxt-saodat tilab qoladi.  

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid