Abduhakimov: «Xorijiy sayyohlar oqimiga xizmat ko‘rsatish uchun aviareyslar yetishmayapti»
Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisining ma’lum qilishicha, xorijiy sayyohlar oqimiga xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekistonga aviareyslar soni yetishmayapti
Toshkent shahrida Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi ish boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov O‘zbekistonga xorijiy sayyohlar oqimiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha aviareyslar yetishmayotganini ma’lum qildi.
«Hozirda xorijiy sayyohlar oqimiga xizmat ko‘rsatish uchun O‘zbekistonga aviareyslar soni juda kam va ular yetishmayapti. Agar qo‘shimcha reyslar bo‘lsa, sayyohlar soni yanada ko‘payadi.
Shu munosabat bilan prezident tomonidan aviatsiyadagi barcha bo‘shliqlarni bartaraf etish, ochiq osmon rejimini joriy etish, aeroportlarni, yerusti uskunalarni va navigatsiya tizimini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda rekonstruksiya qilish, bu masalada bizga yordam bera oladigan xorijiy aviakompaniyalar hamda sheriklarni jalb qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuni yodda tutish kerakki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik davlatdir va yaqin kelajakda qit’alararo aviaqatnovlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha muhim xavfsiz tranzit markazi sifatida «Aviatsiya habi»ga aylanishi mumkin.
O‘zbekiston qonunchilik darajasida yerusti xizmatlari, aviatsiya xizmatlariga imtiyozlar, subsidiyalar va chegirmalar taqdim etmoqda.
O‘zbekiston dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan narx raqobatbardoshligini sezilarli darajada yaxshiladi. Hozirgi vaqtda mamlakatda aviatsiya biznesiga investitsiyalar jalb etishga qaratilgan bir qator yangi imtiyozlar ishlab chiqilmoqda.
Ushbu forum o‘tkazilishining sabablaridan biri - sizning yordamingizga ehtiyoj, ya’ni, bizning mamlakatimizda turizmni rivojlantirish, aviatsiya transporti, multimodal tashuvlarni rivojlantirish, turli transport turlarini yagona zanjirga birlashtirish bilan bog‘liq vaziyatni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rishingizdir», - dedi A.Abduhakimov.
Mavzuga oid
15:02 / 04.09.2024
Polshada aviatsiya sakkiz kun ichida uchinchi marta trevoga bo‘yicha osmonga ko‘tarildi
22:14 / 05.08.2024
Eron Isroilga tahdidlar ortidan o‘z havo hududini yopdi - OAV
18:34 / 22.07.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida yangi havo yo‘lagi ochildi
20:16 / 24.06.2024