Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron Isroilga tahdidlar ortidan o‘z havo hududini yopdi - OAV
Tehron fuqarolik aviatsiya samolyotlarini o‘z hududiga kirishdan tiyilish haqida ogohlantirdi.

Foto: Getty Images
Eron dunyo fuqaro aviatsiyasini yaqin kelajakda o‘z havo hududiga kirmaslikka chaqirdi. Ogohlantirish sabablari ma’lum emas, biroq, Eron rasmiylarining Isroilga hujum qilish haqidagi tahdidlari davom etayotgan bir paytda yuz berdi. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) yozdi.
Bir kun avval AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken G7 davlatlari tashqi ishlar vazirlari bilan telefon orqali suhbat chog‘ida Tehron yaqin 24-48 soat ichida Isroilga hujum qilishi mumkinligini aytgan edi.
Ushbu suhbat haqida ma’lumot bergan diplomatlardan biri so‘zlariga ko‘ra, Eronning Isroilga hujumi aprel oyidagi hujumga o‘xshash bo‘lishi kutilmoqda. Shu vaqtda Isroilga qarata yuzlab raketalar va dronlar uchirilgan edi.
Isroil har qanday hujumdan himoyalanishga va javob berishga tayyorligini bildirdi. AQSh Isroilni himoya qilishga yordam berishini aytdi.
WSJ ta’kidlaganidek, bunday ogohlantirish davlat aviatsiyasi organlari tomonidan muhim favqulodda ma’lumotlarni taqdim etish uchun qo‘llanadi va hech qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar yoki asoslarsiz fuqaro aviatsiyasi uchun parvozlar taqiqlanishini anglatadi.
O‘tgan haftada Tehronda HAMAS guruhining siyosiy rahbari Ismoil Haniya bomba portlashi oqibatida halok bo‘ldi. Eron bu jinoyatda Isroilni aybladi va qasos olish bilan tahdid qila boshladi. O‘z navbatida Isroil hodisaga izoh bermadi.
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jaziramadan dengizga: nega Bali, Maldiv va Turkiyani tanlashadi?
Jamiyat | 17:22 / 18.07.2025
-
Rossiya Adliya vazirligi Activatica portalini «chet el agentlari» ro‘yxatiga kiritdi
Jahon | 12:41
-
Yunusobodda 5 kgdan ortiq narkotiklar savdosining oldi olindi
O‘zbekiston | 12:30
-
Fransiyalik top-menejer Moskva bilan biznes yurityapti
Jahon | 12:29
Mavzuga oid

22:22 / 18.07.2025
Suriya urushi: Isroil «arablar himoyasiga» shoshildi. Nahotki?!

13:06 / 18.07.2025
Isroilga xalqaro bosim davom etmoqda: XJS orderlarni kuchida qoldirdi, Sloveniya sanksiya joriy qildi

10:42 / 18.07.2025
“Isroil mintaqada boshqa qudratli davlat shakllanishini xohlamaydi” - siyosatshunos

10:24 / 18.07.2025