Fuqaro aviatsiyasi qömitasi Qozoğiston va Özbekiston havo hududi orqali ötuvçi yangi T916 yönalişi oçilganini ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazinform.

Bu Yevropadan Janubi-Şarqiy Osiyoga parvozlar uçun qöşimça yönalişlardan biridir.

Yönaliş oçilganidan beri 19 ta reys amalga oşirilgan. Biroq yoz oxirigaça reyslar soni köpayişi mumkin, çunki foydalanuvçilar yangi marşrutni özlaştirişga vaqt ajratadilar.

Yangi marşrutdan Lufthansa Cargo (Germaniya), Cargolux (Lyuksemburg), Cargolux Italy (Italiya), Nomad Aviation (Şveytsariya), Western Global Airlines (AQŞ), Aerologic Cargo Airlines (Germaniya) kompaniyalari foydalanmoqda.

T916 yönalişining uzunligi 2187 km bölib, şundan 437 km qismi Özbekistondan, 1750 km qismi Qozoğiston orqali ötadi.

Ta’kidlanişiça, T916 yönalişi aviakompaniyalar va Özbekiston aeronavigatsiya provayderi «Özaeronavigatsiya» taklifi bilan oçilgan. Ilgari u ICAO imtiyozli marşrutlar katalogiga kiritilgan edi.

«Qazaeronavigatsiya» mutaxassislarining fikriça, yangi yönaliş Qozoğiston havo hududining xorijiy aviakompaniyalar uçun jozibadorligini oşiradi va Janubiy Qozoğistondagi havo harakatini nazorat qiluvçilarga yuklamani kamaytiradi.