18:20 / 19.02.2020
0
3880

Toshkent tumanida 222 million so‘mlik sifati kafolatmagan parfyumeriya mahsulotlari aniqlandi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Tadbir davomida, fuqaro N.N. boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtoulov shubha ostiga olinib, to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtoulov yukxonasida fuqaro A.D. tomonidan olib ketilayotgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan qiymati 176,4 million so‘mlik parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi

Shundan so‘ng tadbir davom ettirilib, fuqaro M.D.ga tegishli bo‘lgan «Neksiya» rusumli avtoulov ham xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida avtoulov yukxonasida umumiy qiymati salkam 46 million so‘mlik parfyumeriya mahsulotlari borligi ma'lum bo‘ldi. 

Bu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top