Erdo‘g‘an Putin, Makron va Merkel bilan Idlib mavzusini muhokama qilmoqchi
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatida yuz berayotgan to‘qnashuvlar uchun “urush” so‘zini qo‘llash mumkinligini aytgandi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 5 mart kuni Rossiya va Fransiya prezidentilari Vladimir Putin va Emmanyuel Makron hamda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyatni muhokama qilmoqchi. U Izmir shahrida qilgan chiqishi chog‘ida ana shunday bayonot berdi.
"Idlib mavzusi "Tinchlik bulog‘i" operatsiyasi o‘tkazilgan Afrin va boshqa hududlar kabi muhim hisoblanadi. Bu mavzu bo‘yicha janob Putin hamda Merkel va Makronga qat'iyligimizni aytdim. 5 mart kuni Putin, Makron va Merkel bilan uchrashamiz va bu mavzuni yana muhokama qilamiz", - dedi Erdo‘g‘an.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyaning Idlib viloyatida yuz berayotgan to‘qnashuvlar uchun “urush” so‘zini qo‘llash mumkinligini aytgandi.
Turkiya mudofaa vazirligining ma'lum qilishicha, Idlibda havo hujumi vaqtida 2 nafar turk harbiysi halok bo‘lgan, yana 5 nafari yaralangan.
Mavzuga oid
11:30 / 01.10.2024
BMT: 100 000 kishi Livandan Suriyaga qochdi
16:11 / 09.09.2024
Suriyada Isroil zarbasi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi
21:57 / 07.09.2024
AQSh Iroqdan qo‘shinlarini olib chiqish sanasi ma’lum bo‘ldi - OAV
12:52 / 10.08.2024