Isroilning Livanda «Hizbulloh» harakatiga qarşi harbiy amaliyoti boşlanganidan beri yuz mingga yaqin odam mamlakatdan qöşni Suriyaga qoçib ötgan. Bu haqda 30 sentabr, duşanba kuni BMTning qoçqinlar böyiça oliy komissari Filippo Grandi ma’lum qildi.
Grundining sözlariga köra, çegaraga kelayotgan odamlar oqimi töxtamagan. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça Oliy komissarligi qöşimça qilişiça, BMT xodimlari Suriya çegarasidagi törtta nazorat-ötkaziş punktida yangi kelganlarga yordam beriş uçun mahalliy hokimiyat va Qizil Yarim oy xodimlari tomonidan qöllab-quvvatlanmoqda. Aniqlik kiritilişiça, qoçqinlarning 60 foizga yaqini suriyaliklar, qolgan 40 foizi livanliklardir.
Avvalroq Livan boş vaziri Najib Mikati Isroilning mamlakat böylab yirik havo hujumlari boşlanganidan söng, uylarini taşlab ketganlar soni bir millionga yaqinlaşganini aytgan edi. U buni «Livan tarixidagi odamlarning eng katta köçişi» deb atadi.
Isroil Livan janubida «Hizbulloh»ga qarşi operatsiya boşladi
Isroil Livan janubidagi çegara hududida «Hizbulloh» guruhi nişonlariga qarşi «çeklangan, mahalliylaştirilgan va maqsadli reydlar» boşladi. Bu haqda Isroil mudofaa kuçlari (TsAHAL) 1 oktyabrga ötar keçasi bayonot berdi.
Bayonotda, Isroil havo kuçlari va TsAHAL artilleriyasi hududdagi harbiy nişonlarga «aniq zarbalar» berib, Isroil quruqlikdagi kuçlarini qöllab-quvvatlayotgani aytiladi. «Şimol öqlari» operatsiyasi mavjud vaziyatni baholaşga muvofiq va Ğazo sektori va boşqa hududlardagi janglar bilan parallel ravişda davom etadi, deya ta’kidlaydi TsAHAL.
Duşanba kuni keçqurun Al Arabiya va Al Hadath telekanallari Isroil tanklari Rmeyş qişloği hududida joylaşgani haqida xabar berişdi. Bundan oldin Isroilning zirhli texnikalari artilleriya va aviatsiya niqobi ostida Livanning çegara hududlariga kirib kelgani haqida xabarlar tarqalgan edi.













