Xabar qilişlariça, zarbalar Suriyadagi beş nişon böylab yöllangan, jumladan Masiafdagi harbiy institutga ham. Bu yerda kimyoviy qurollar qöllaş böyiça tadqiqotlar ötkazilgan.

Agentlik şifoxona direktoriga tayanib, yakşanba kuni keçqurun Hama viloyati Masiaf şahri çekkasiga qilingan hujum oqibatida yana 43 kişi yaralangani haqida ma’lumot bergan.

Avvalroq Britaniyadagi Suriyada Inson huquqlariga rioya etilişini kuzatiş markazi (Suriya içkarisida manbalarning keng tarmoğiga ega SOHR) «Eron ta’siridagi guruh a’zolari hamda qurol işlab çiqariş böyiça ekspertlar bölgan Masiafdagi ilmiy-tadqiqot markazi joylaşgan hududda» 13 marta kuçli portlaş eşitilgani va yetti kişi halok bölgani (tört nafar harbiy hamda tinç aholi vakillaridan uç kişi), şuningdek 15 kişi yaralangani haqida xabar bergandi.

SANA suriyalik harbiylardan biriga tayanib, Livan şimoli-ğarbidagi hududlar ustida uçgan Isroil samolyotlari mahalliy vaqt bilan yakşanba kuni soat taxminan 23:20 da «markaziy hududlardagi qator harbiy obektlar»ga zarba yöllagani haqida xabar bergan. «Bizning havo hujumidan mudofaa kuçlarimiz bir neça raketani urib tuşirdi», — deya qöşimça qilgan harbiy manba.

Isroillik harbiylar xorij naşrlarida tarqalgan xabarlarni izohlamasligini bildirgan. Ammo avvalroq TsAHAL Suriyadagi nişonlar böylab yöllangan yuzlab zarbalar uçun javobgarlikni zimmasiga olgandi, isroillik harbiylarning fikriça, bu nişonlar Eron hamda unga ittifoqçi qurolli guruhlarga aloqador bölgan.

Xabarlarga köra, Ğazodagi uruş boşlanganidan buyon «Hizbulloh» hamda Livan va Suriyadagi boşqa guruhlarning Isroil şimoliga hujumlari tufayli Isroilning çegaradan taşqaridagi hududlarga javob zarbalari miqdori ortgan.

1 aprel kuni Isroil Eronning Damaşqdagi konsulxonasi binosiga zarba yöllagandi. Natijada yetti kişi, jumladan eronlik ikki general halok bölgandi. Isroil hukumati hodisa uçun rasman javobgarlikni öz zimmasiga olmagan. Eron hujum «javobsiz qolmasligi»ga va’da bergan, ammo yakunda Tehron Isroil böylab töğridan töğri zarba yöllamaslikka qaror qilgandi.