Jahon | 17:37 / 08.03.2020
5000
2 daqiqa o‘qiladi

Chexiya bosh vaziri Italiya hukumatini mamlakatdan chiqishga taqiq qo‘yishga chaqirdi

Chexiya bosh vaziri davlat televideniyesida qilgan chiqishi vaqtida Italiya hkumatini bu mamlakatda koronavirus keng tarqalganligi sababli o‘z fuqarolariga xorijga chiqishni taqiqlashga chaqirdi.

Andrey Babish / Foto: AP Photo / Valentina Petrova

"Yevropa mamlakatlari Shengen makoni doirasida Italiya fuqarolarining kirishini taqiqlay olmaydi. Qilish mumkin bo‘lgan yagona narsa – Italiya bosh vaziri o‘z fuqarolarini Yevroittifoqning boshqa mamlakatlariga bormaslikka chaqirishi. Koronavirus yuqishi hozirda Italiya shimolida karantinda bo‘lgan 16 million kishi bilangina cheklanishini bilmaymiz", - dedi Babish.

Babishning fikricha, Italiyada bo‘lib turgan Chexiya fuqarolari imkon boricha tezroq vatanlariga qaytishi kerak. uning ma'lumot berishicha, hozirda Italiyada 16 mingga yaqin chexiyalik mehnat ta'tilini o‘tkazmoqda.

Hukumat farmoyishiga ko‘ra, shu kunlarda Italiyadan qaytgan har bir shaxs zudlik bilan shifokorga murojaat qilishi va 14 kunlik karantinga joylashishi kerak. Bundan faqat xalqaro avtotashuv haydovchilari, poyezd mashinistlari va uchuvchilar mustasno. Bu farmoyishni buzganlarga 3 million kronagacha (130 ming dollar) jarima solinadi. 

Avvalroq Italiya hukumati mamlakat shimolidagi barcha viloyatlarni koronavirus avj olishi tufayli karantin holatiga o‘tkazdi. Bu regionlarga kirish va u yerdan chiqish to‘xtatilgan. Bu hududda kamida 16 millionga yaqin kishi karantinda qolmoqda. 

Mavzuga oid