Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarida — kuchli suv toshqinlari ro‘y bermoqda. Dam olish kunlarida materik uzra «Boris» bo‘roni o‘tdi va kuchli yomg‘irlar boshlandi. Tabiiy ofatdan eng ko‘p zararni Avstriya, Chexiya, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Vengriya davlatlari ko‘rishmoqda. Ushbu mamlakatlardagi ko‘plab shaharlar va qishloqlarni to‘liq suv bosgan, o‘n minglab kishilar elektr energiyasisiz qolgan. Polsha va Chexiyada ikki to‘g‘on buzilib ketgan. Vena atrofidagi hududlar halokat zonasi deb e’lon qilindi. Bratislavada favqulodda holat rejimi joriy etilgan. Qator regionlarda rasmiylar fuqarolarni shoshilinchda evakuatsiya qilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini oqibatida kamida yetti kishi halok bo‘lgan (Avstriyada qutqaruv amaliyotida ishtirok etgan o‘t o‘chiruvchi, Polshada bir kishi, Ruminiyada besh kishi). Chexiyada bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Polsha janubida suv bosgan Gluxolazi shahri, 2024 yil 15 sentabr
Sergei Gapon / AFP / Scanpix / LETA
Gluxolazining qush parvozi balandligidan ko‘rinishi, 2024 yil 15 sentabr
Sergei Gapon / AFP / Scanpix / LETA
Gluxolazida suv ostida qolgan avtomobil
Sergei Gapon / AFP / Scanpix / LETA
Polsha janubidagi Bjyeshche shahrida suv bosgan qabriston, 2024 yil 15 sentabr
Jakub Wlodek / Agencja Wyborcza / Reuters / Scanpix / LETA
Gluxolazi, Polsha
Sergei Gapon / AFP / Scanpix / LETA
Chexiya shimoli-sharqidagi Yesenik shahri, 2024 yil 15 sentabr
Gabriel Kuchta / Getty Images