Çexiyaning Skoda kompaniyasi yangi ixçam Elroq krossoverini taqdim etdi. Bu elektromodel Modern Solid dizaynida işlab çiqarilgan bölib, old qismi uzoqdan Kamiq modeliga öxşab ketsa, orqa tomoni kattaroq Enyaq modelini eslatadi.
Ölçamlarga kelsak, yangi model Karoq’dan biroz katta: uzunligi 4488 millimetrni, ğildirak bazasi esa 2765 millimetrni taşkil etadi. Elroq MEB platformasida qurilgan. Batareyalarning uçta varianti böladi: 55, 63 va 82 kVt/soatli.

Kompaniya törtta komplektatsiyani taklif etadi:
- Elroq 50 — eng kiçik batareyaga va 170 ot kuçidagi elektr dvigatelga ega model.
- Elroq 60 — örtaça siğim va 204 ot kuçi quvvatiga ega model, uning eng katta batareyali ikkita versiya mavjud.
- Elroq 85 — orqa uzatmali va 285 ot kuçiga ega böladi.
- Töliq uzatmali Elroq 85x varianti esa 2025 yilda taqdim etiladi, lekin uning parametrlari hozirça ma’lum qilinmagan.
Eng katta batareyali modellarning bir martalik töliq quvvat bilan yuriş masofasi 560 kilometrgaça deb e’lon qilindi, maksimal tezlik soatiga 180 kilometr bilan çeklangan. Boşqa versiyalar 160 kilometr/soatdan yuqori tezlikka erişa olmaydi, yuriş masofasi esa 370 yoki 400 kilometr deb belgilangan. Yuqori versiyalardagi avtomobillar 175 kilovattlik quvvatlaş tizimini qöllab-quvvatlaydi va batareyani 10 foizdan 80 foizgaça zaryadlaş uçun atigi 28 daqiqa talab etiladi.

Şuningdek, avtomobilda 470 litr siğimli yukxona, qöşimça jihoz sifatida matritsa faralar, katta 13 dyuymli ekran, köplab zamonaviy yordamçi tizimlar va barça Skoda avtomobillariga xos bölgan Simply Clever aqlli qurilmasi mavjud
Çexiya 2 oktyabrdan buyurtmalar qabul qilişni boşlaydi. Narxlar 800 000 kron, ya’ni 31 640 yevrodan (446 936 812 söm) boşlanadi.
















