Salkam yarim kilogramm gashish giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi
Giyohvandlik vositalarini yurtimizga noqonuniy olib kirish, shuningdek, ular bilan noqonuniy muomalada bo‘lish qat'iyan taqiqlangan va jinoiy javobgarlik bilan belgilab qo‘yilgan. Bu kabi qonunbuzilish holatlarining oldini olish maqsadida bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda tezkor tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Davlat xavfsiziligi xizmati vakillari bilan hamkorlikda Namangan shahrida narkotik moddalarning yashirin aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.
O‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro I.A Namangan shahridagi “Nurafshon” MFY hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, uning qo‘lidagi sumkasi ichidagi shokolad qutisiga uddaburonlik bilan yashirilgan jami 493,89 gramm “Gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:10 / 01.10.2024
Toshkentda xonadonida 38 kg giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs ushlandi
11:30 / 24.09.2024
18 kgdan ziyod sintetik giyohvandlik moddasini olib kirishga urinish fosh qilindi
10:32 / 09.08.2024
DXX giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydi
10:37 / 26.07.2024