“ECO FRESH FRUIT” – zamonaviy korxona va bog‘ majmuasi ishga tushdi
Joriy yilning 18 mart kuni Qibray tumanida ta'sischi Abdumajid Nurmuhamedov, korxona rahbari Husan Saydullayevlar hamkorligida yangi “ECO FRESH FRUIT” MChJ nomidagi korxona ish boshladi.
2018 yilning o‘rtalariga kelib tuman hokimligi qarori bilan 55,9 gektarga teng bo‘lgan yer maydoni ajratilgach, yangi intensiv bog‘ qilish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu korxonaning asosiy maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, intensiv texnologiyalar asosida bog‘ yaratish va yetishtirilgan mevalarni eksport qilishdan iborat.
Kelgusida korxona tomonidan har bir gektar yerdan o‘rtacha 40–50 tonnadan meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarilib, 20ta doimiy va 100ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Korxona mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun Turkiya davlatining “OSC TEKSTIL TARIM GIDA SOGURTA SISTEMLARI INSAAT” korxonasi bilan umumiy hisobda 358 ming AQSh dollari miqdorida import shartnomasi tuzishga muvaffaq bo‘ladi. Shundan 147 ming AQSh dollari tomchilatib sug‘orish uskunalariga hamda 211 ming AQSh dollariga nok, shaftoli, gilos, o‘rik kabi mevali daraxtlar ko‘chatlari ekilgan.
Korxona bu yo‘nalishda to‘liq ishga tushishi uchun 5 yil muddat ichida loyiha asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 2018 yil sentabr oyidan 2019 yil fevral oyiga qadar to‘liq intensivlashtirilib, tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan 1 ga. yerga 1156 ta ko‘chat ekildi. 2021 tilga kelib, ulardan 40 tannagacha meva yig‘ishtirib olishni maqsad qilgan.
OSC Turkiya korxonasi 13 yildan buyon O‘zbekistonda o‘z faoliyatini olib borayotgan bo‘lib, xozirgi kungacha 350 dan ziyod loyihalarni muvaffaqiyatli bajarib kelmoqda. Korxona tomonidan 3 ming gektardan ziyod maydonlarda intensiv bog‘lar qurilgan.
“ECO FRESH FRUIT” loyihasi ham OSC’ning yana bir muvaffaqiyatli ishlaridan biri hisoblanadi. Bog‘dagi ko‘chatlar Italiya va Turkiyadan olib keltirilgan. “ECO FRESH FRUIT” intensiv bog‘larida yetishtirilgan meva mahsulotlari OSC korxonasi tomonidan maxsus qurilgan muzlatkichda saqlanadi. Loyiha hajmi 3200 tonna bo‘lib, 5200 kv.m. yer maydonini o‘z ichiga olgan.
Loyihaga OSC tomonidan sendvich panellar, maxsus sovutish kamerali eshiklar, sovutish agregatlari Turkiya davlatidan keltirilgan bo‘lib, qolgan barcha ehtiyot qismlar Yevropaning Germaniya, Italiya, Ispaniya, Fransiya kabi mamlakatlaridan maxsus keltirib o‘rnatilgan.
Bog‘dagi mahsulotlarning asosiy 70 foiz qismi eksport qilishga, qolgan qismi esa ichki bozorga tarqatiladi. Dastlabki xaridorgir davlatlar ro‘yxatiga Qozog‘iston, Rossiya, BAA va boshqa Yevropa davlatlarini kiritib o‘tish mumkin.
Bog‘ni yaratish ishlariga jami bo‘lib 52 272 dona ko‘chat ekilgan bo‘lib, umumiy miqdorda 211 ming AQSh dollari sarf qilindi. Ushbu ko‘chatlardan hosil olish ishlari joriy yilning oktabr oylarida amalga oshiriladi. Asosiy yig‘im-terim rejasi esa 2021 yilga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
11:04 / 19.11.2024
Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin
16:00 / 11.11.2024
Xavotir bilan boshlangan xayrli ish – Farg‘onadagi maktab olma bog‘idan yaxshigina daromad olyapti
12:07 / 09.11.2024
Xorazmda mevaga kira boshlagan intensiv bog‘ buzib tashlandi
12:50 / 05.11.2024