Faoliyati to‘xtatilgan ayrim bozorlar karantin vaqtida qayta ochildi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bo‘lim boshlig‘i Farhod Ochilov karantin chog‘ida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan narx-navo nazorati bo‘yicha ma'lumot berdi
«Narxlar asossiz oshib ketishi oldini olish maqsadida iqtisodiy ta'sir instrumentlari qo‘llanmoqda.
15 mart-17 aprel kunlari respublika bo‘yicha 16000 tonna kartoshka, 5200 tonna piyoz, 3700 tonna sabzi, 400 tonna karam, 460 tonna tovuq go‘shti, 1150 tonna go‘sht, 8,3 mln dona tuxum, 1 350 tonna guruch, 540 tonna shakar va 120 tonna olma ishlab chiqaruvchilar narxida intervensiya qilindi.
Bu yo‘nalishda Maxsus komissiya tomonidan tasdiqlangan tartib asosida 1-17 aprel kunlari hududiy prokuratura, departament organlari hamda boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda 28 490ta (bugun 2 664ta) ko‘chma savdo yarmarkasi tashkil etilib, aholiga 27 turdagi jami 31 765 tonna (3 028 tonna) oziq-ovqat mahsulotlari arzon narxlarda sotilishi ta'minlandi.
Doimiy faoliyat yurituvchi dehqon bozorlari bo‘lmagan, qariyb 2 mln aholi istiqomat qiluvchi 15ta tumanda yashovchi fuqarolarga qulaylik yaratish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmas choralar ko‘rilmoqda. Ushbu tumanlardagi savdo do‘konlarini 27 xil turdagi mahsulotlarni sotishi ta'minlash orqali minimarketga aylantirib, ishlab chiqaruvchilar biriktirib berildi.
Shunga ko‘ra, departament tashabbusi bilan 15ta tumandagi 489ta do‘konga 136ta ishlab chiqaruvchi, 1319ta fermerlik va dehqon xo‘jaligi hamda 11 208ta tomorqa yer egalari biriktirilib, 14-18 aprel kunlari jami taklif etilgan 27 turdagi oziq-ovqat mahsulotlardan 1 599 tonna sotildi», deydi Farhod Ochilov AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda.
U karantin vaqtida ayrim hududlarda ishlamay turgan turgan bozorlar ochilgani to‘g‘risida aytib o‘tdi.
«Yangiyo‘l hamda Bekobod tumanlari markazida zamonaviy tipda qurilgan, biroq 2018 yildan buyon faoliyat ko‘rsatmayotgan, Qibray tumani markazida muqaddam bozor sifatida faoliyat yuritib, hozirda xususiylashtirilib, bo‘sh yotgan bozor faoliyati qayta tiklandi. Dehqon bozori mavjud bo‘lmagan, Zangiota tumanining «Eshonguzar» mahallasida doimiy ishlaydigan yirik savdo yarmarkasi tashkil qilinib, 27 turdagi oziq-ovqat
va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini arzon narxlarda sotish yo‘lga qo‘yildi.
Karantin davrida davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga 24 780,4 tonna, Toshkent shahar dehqon bozorlari, savdo tarmoqlari hamda sayyor savdo shoxobchalariga 5 500 tonna kartoshka yetkazib berildi.
Un mahsulotlarini don korxonalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qiluvchilar ro‘yxatiga amalda ishlamayotgan savdo nuqtalari, makaron ishlab chiqaruvchilar, novvoyxonalar hamda birjada narxlarni manipulyatsiya qilgan sub'yektlarni kiritmaslik, shuningdek asossiz qimmat narxlarda sotish, ajiotaj talabni vujudga keltirishga qarshi qaratilgan barcha choralar ko‘riladi.
Ushbu yo‘nalishda aniqlangan har qanday qonun buzilishiga qat'iy munosabat bildiriladi.
Prokuratura, shu jumladan departament organlarining ishonch telefonlari sutkasiga 24 soat ishlab turibdi, har bir negativ holatga tezkor munosabat bildirilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, oziq-ovqat mahsulotlari va tibbiy gigiyena vositalarining narx-navosi oshib ketganidan norozi bo‘lib, shu kunga qadar ishonch telefonlari hamda veb-saytlar orqali jami 834ta murojaatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning asosiy qismi Qashqadaryo (132ta), Samarqand (103ta), Namangan va Jizzax (74tadan), Surxondaryo (71tadan) viloyatlariga hamda Toshkent shahriga (84ta) to‘g‘ri keladi», deydi bosh prokuratura rasmiysi.
Mavzuga oid
09:52 / 15.11.2024
O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oshdi
12:10 / 13.11.2024
O‘zbekiston uy-joy bozorida faollik darajasi pasaydi
17:13 / 01.11.2024
Prezident bozorlarda narxlarni barqarorlashtirish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rishni buyurdi
08:00 / 07.10.2024