Davlat aktivlarini boşqariş agentligi Toşkent şahrining Şayxontohur tumanidagi Ibn Sino bozori noturar binosini kim oşdi savdosiga qöydi. Bino sotuvi haqida E-auksion platformasida e’lon joylandi.

Xaridor obekt negizida işlab çiqilgan loyiha konsepsiyasi asosida «ekobozor», savdo, xizmat körsatiş va köngiloçar markazlarni qurişi kerak. Binoning umumiy maydoni 0,45 gektarga teng.

Obekt Vazirlar Mahkamasining iyun oyidagi qaroriga binoan sotuvga çiqarilgan. Lotning boşlanğiç narxi 28,03 mlrd söm. Arizalar 31 oktyabr kuni soat 9:00 gaça qabul qilinadi va natijalar öşa kuni soat 10:00 da e’lon qilinadi.