Jamiyat | 11:53 / 20.04.2020
4208
1 daqiqa o‘qiladi

Sergeli tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi

Sergeli tumanidagi «Istiqbol» nimstansiyasida ta'mirlash ishlari olib boriladi

Foto: Sergey Malgavko

Ertaga, 21 aprel kuni Sergeli tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 21 aprel kuni soat 07:00 dan 23:00 qadar Sergeli tumanidagi «Istiqbol» nimstansiyasida ta'mirlash ishlari olib boriladi. 

Shu munosabat bilan tumandagi yangi qurilgan 8, 9- uchastkalardagi ko‘p qavatli aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi ta'minoti vaqtinchalik o‘chiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid