O‘zbekiston | 21:39 / 21.04.2020
5130
1 daqiqa o‘qiladi

Darslik chop etuvchi nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyat yuritishiga ruxsat berildi

Ushbu korxonalarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi, xodimlarga ovqatlanishni tashkil etish, shaxsiy gigiyenik vositalar bilan ta'minlash uchun shaxsiy javobgarlik tegishli korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi

Foto : KUN.UZ

2020/2021 o‘quv yilida umumta'lim muassasalarini darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalari bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta'minlash maqsadida ularni nashrga tayyorlash hamda chop etish ishlariga jalb etilgan davlat va xususiy nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyat yuritishiga ruxsat berildi.

Bu respublika maxsus komissiyasining qarorida belgilab qo‘yildi.  

 Bunda:

  • nashriyot-matbaa korxonalarining faoliyati hududiy Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda sanitariya-gigiyena tadbirlariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi;
  • ushbu korxonalarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya etilishi, xodimlarga ovqatlanishni tashkil etish, shaxsiy gigiyenik vositalar bilan ta'minlash uchun shaxsiy javobgarlik tegishli korxona rahbarlari zimmasiga yuklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2019-2020 o‘quv yili xalq ta'limi tizimida onlayn tarzda yakunlanishi xabar qilingandi.  

Mavzuga oid