Misrda ingliz tilidagi ilk O‘zbek tili grammatikasi darsligi yaratildi
O‘zbek tili bayrami kuni arafasida O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi tomonidan ingliz tilida soddalashtirilgan uslubda o‘zbek tilini "nol"dan o‘rgatuvchi Uzbek language grammar. Simplified system nomli qo‘llanma tayyorlandi.

Foto: "Dunyo" AA
Ushbu kitobning kirish qismida o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, uning o‘zgarish bosqichlari hamda o‘zbek xalqining shakllanish tarixi haqida so‘z yuritilgan.
Boshqa qo‘llanmalardan farqli ravishda kitobning asosiy qismidagi 20 ta darslar yirik mavzularni alohida-alohida to‘liq tushuntirishga emas, balki xorijiy tilni o‘rganish uchun eng zarur bo‘lgan qoidalar va konstruksiyalarni o‘rgatishga bag‘ishlanadi, keyinchalik mavzular asta sekin murakkablashib boradi.
O‘zbek tilida fe’l zamonlarini tushunish xorijliklar uchun nisbatan murakkabligini inobatga olib, qabul qilingan standartlardan farqli ravishda ingliz tiliga qiyoslab sodda ko‘rinishda tushuntirilgan.
Kitob so‘nggida til o‘rganishni osonlashtiruvchi qo‘shimcha qismlar ham kiritilgan.
Kitobda mustaqil tarjima qilish uchun O‘zbekiston va uning qadimiy shaharlari, buyuk tarixiy shaxslari to‘g‘risida qiziqarli ma’lumlar ham mavjud.
Kitob so‘nggida ilk martaba 2400 ga yaqin eng faol qo‘llanadigan o‘zbekcha-inglizcha mini-lug‘at o‘rin olgan. Ular turli dasturlar yordamida faollik darajasini tekshirish asosida saralangan.
Yaqin kunlarda ushbu kitob diplomatik missiya ko‘magida chop etiladi va Misrdagi kutubxonalar hamda Qohira universiteti talabalari o‘rtasidagi tarqatiladi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya bosqinni faollashtirdi, Tramp jamoasida qutblanish – tahlilchilar nima deydi?
Jahon | 23:09
-
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
Jahon | 23:07
-
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi
Jahon | 22:40
-
17 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:37
Mavzuga oid

14:53 / 31.03.2025
Misr O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytiradi

18:08 / 27.03.2025
Misrda ichida sayyohlar bo‘lgan batiskaf cho‘kib ketdi. Olti kishi halok bo‘ldi

01:57 / 20.03.2025
Misrda 3600 yil avval hukmronlik qilgan sirli fir’avnning qabri topildi

00:41 / 14.03.2025