Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali karantinga yopildi
Koronavirus aniqlangani sabab Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali (xalq tilida «Xavasi») vaqtincha yopildi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali xodimlarida koronavirus aniqlangani sababli filial 19 may kunidan boshlab vaqtincha yopilgan. Bu haqda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum bo‘lishicha, koronavirus infeksiyasini nafaqat filial xodimlari, balki bemorlar ham yuqtirgan. Shu bois dezinfeksiya ishlari amalga oshirilayotgani tufayli qolgan 67 nafar bemor Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filialiga o‘tkazilgan.
Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma'lumot berishicha, filial o‘z faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilgunga qadar bemorlar boshqarma tomonidan belgilangan quyidagi shifoxonalarda qabul qilinadi:
- Travmatologik va neyroxirurgik (reanimatsiyasi bilan) tibbiy xizmatlar - Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiy markazi Samarqand filialida;
- Xirurgiya, urologiya, ginekologiya, LOR, pediatriya, terapiya va reanimatsiya xizmati - SamMI 2-klinikasida;
- Kombustiologiya (kuyish) tibbiy xizmati - Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida;
- Toksikologiya va EKD xizmati - Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida.
Bundan tashqari, shahar aholisi orasida koronavirus yuqtirgan bemor bilan birlamchi kontaktda bo‘lgan fuqarolar viloyat kardiologiya dispanseri va viloyat nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash markazida karantinga olingan.
Qayd etish kerakki, ayni vaqtda Samarqand viloyati epidemiologik vaziyat og‘ir bo‘lib qolayotgan hududlardan hisoblanadi. Bu hududda har kuni yangi holatlar qayd etilmoqda, 20 may kuni yana 10 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. Ushbu viloyatda epidemiya boshlanganidan buyon 291ta zararlanish holati qayd etilgan, shu vaqtgacha bemorlarning 178 nafari sog‘aydi, 1 bemor vafot etdi, shifoxonada 112 nafar bemor qolmoqda, viloyat koronavirusdan tuzalish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng quyi o‘rinlarda (61 foiz).
18 maydan boshlab Samarqand shahridagi 22ta mahallada karantin qoidalari kuchaytirilgan.
Mavzuga oid
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
21:44 / 01.11.2024