«Karantin qoidalarini yumşatiş böyiça bir qator çora-tadbirlar joriy etilgan. Şuni aytişim kerakki, bu çoralar butun Samarqand şahri uçun tatbiq etilmaydi. Kasallik aniqlangan bemorlar yaşaydigan ayrim mahallalarda karantin qoidalari kuçaytiriladi.

«Abdurahmon Jomiy», «Adolat», «Bahor», «Boği Temur», «Al Farobiy», «Boği Şifo», «Ğiyosiddin Jamşid», «Döstlik», «Jöyi çuqur», «Zarafşon», «Zargartepa», «Ilğor», «Kök masjid», «Qöşçinor», «Qarşi yöli», «Maş'al», «Nurobod», «Sayid», «Siyobça», «Tadbirkorlar», «Uvaysiy», «Örta Xöjasoat», «Hamid Olimjon», «Şe'roziy», «Hazora», «Hunarmandlar», «Çorboğ», «Çöpon ota», «Şodlik», «Şukrona», «Yangi hayot» va «Yangi Xayrobod» mahallalariga uşbu kasallik bizdan yiroq bölmagunga qadar vaqtinça kiriş-çiqiş çeklanadi», degan Samarqand şahar hokimi.

Soğliqni saqlaş vazirligi ma'lumotiga köra, ayni damgaça Samarqand viloyatida 281 kişi koronavirus yuqtirgan va ularning 175 nafari tuzalgan, 1 kişi virus sabab vafot etgan. 

Avvalroq Samarqand viloyatidagi «kasallik öçoqlari» ma'lum qilingan, şuningdek, 17 may kuni Samarqand şahrida karantin qoidalari kuçaytirilgan tartibda davom ettirilişi va şahar köçalarida maxsus ruxsatnomasiz avtomobillar harakati hozirça çeklangani e'lon qilingandi.