O‘zbekiston | 13:18 / 01.06.2020
5720
1 daqiqa o‘qiladi

«Muruntov» koni elektr energiyasi bilan ta'minlanadi

Vazirlar Mahkamasining 26.05.2020 yildagi «Muruntov» konini o‘zlashtirish» (V navbati) 1 bosqich loyihasi sanoat obektlarini elektr energiyasi bilan ta'minlash» investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitobining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 331-son qarori qabul qilindi.
 
Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida kapital qo‘yilmalarning umumiy qiymati ekvivalentda $113 755 mingni tashkil etadi, shundan $56 255 mingi – Navoiy kon-metallurgiya kombinati (NKMK) mablag‘lari, $8 800 mingi – Moliya vazirligining ssudasi va $48 700 mingi – tijorat banklari kreditlari.
 
Norma’ning yozishicha, NKMK investitsiya loyihasining tashabbuskori va mas'ul qarz oluvchi hisoblanadi, qarzni so‘ndirish va u bilan bog‘liq xarajatlarni o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.
 
Qaror bilan tasdiqlangan loyiha TIHKning asosiy ko‘rsatkichlari ilovada keltirilgan.
 
Hujjat 27.05.2020 yildan kuchga kirgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid