Jamiyat | 12:15 / 20.06.2020
22002
2 daqiqa o‘qiladi

Yozuvchi Abduqahhor Ibrohimov vafot etdi 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi Abduqahhor Ibrohimov vafot etdi. Bu haqda uyushma xabarida aytilgan.

Foto: O‘zA

Abduqahhor Ibrohimov Toshkentning Ko‘kcha dahasida 1939 yilning 16 avgustida dunyoga kelgan.1957-1962 yillarda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 1975-1977 yillarda Moskvadagi Oliy adabiyot kursida o‘qigan

Respublika Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi San'at ishlari boshqarmasida bosh muharrir, 1990-1993 yillarda Respublika Prezidenti Devonida maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 1994 yildan buyon respublika «Ma'naviyat va ma'rifat» markazida xizmat qilgan.

Abduqahhor Ibrohimovning «Arra», «Meni aytdi demang», «Zo‘ldir», «Bir o‘likka bir tirik», «Bu zamon o‘g‘loni», «Tusmol», «Sochqi», «Mayli, mayli», «Ofarin», «Puch», «Shayton yo‘li» komediyalari Toshkent va viloyat teatrlari sahnalarida qo‘yilgan.

Unga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi» faxriy unvoni, «Mehnat shuhrati» ordeni berilgan.