O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 6200dan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 63 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 21 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6216 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 48 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 13 nafari Buxoro viloyatida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 11 nafari aholi orasida), 2 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 1 nafari xorijdan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida, 1 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
20 iyun kuni jami 207ta holat qayd etilgan (shundan 179 nafari karantin muassasalarida, 19 nafari aholi orasida, 9 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida), 17 bemor sog‘aydi va jami tuzalganlar soni 4290 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 1907 bemor davolanmoqda, ulardan 15 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022