Jamiyat | 20:00 / 23.06.2020
11041
4 daqiqa o‘qiladi

ZoodMall ilovasi 10 million dollar jalb qildi

Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda B2C (Business to Client) transchegaraviy xaridlar uchun faol o‘sib borayotgan ZoodMall ilovasi investitsiya seriyalarining A raundi doirasida 10 million dollar jalb qildi.

  • ZoodMall ilovasi Yaqin Sharq mamlakatlarida o‘z ishtirokini kengaytirmoqda va yangi 4 ta bozorga kirib bormoqda.
  • ZoodMall yangi “Hozir xarid qil, keyin to‘la” ZoodPay to‘lov xizmatini ishga tushirmoqda.

B2C bozori uchun faol o‘sib borayotgan, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda faoliyat yurituvchi ZoodMall marketpleys ilovasi, A seriyasi doirasida 10 million AQSh dollari miqdorida moliyalashtirish raundi yakunlanganini e'lon qiladi.

Hozirgi kunda xaridlar ilovasi O‘zbekiston, Iroq, Livan, Qozog‘iston va Ozarbayjonda faoliyat olib boradi. Kompaniya 10 million AQSh dollarini Iordaniya, Quvayt, Bahrayn va Saudiya Arabistonida ZoodMall'ning hududiy ishtirokini kengaytirishga sarflaydi.

Google Play va App Store'da mavjud bo‘lgan ZoodMall xaridlar ilovasi turli davlatlardan hamyonbop va yuqori sifatli mobil telefonlari, kiyim-kechak, aksessuarlar, kosmetika, uy va bog‘ uchun tovarlar, bolalar uchun o‘yinchoqlar, shuningdek 30 000 dan ziyod sotuvchilardan mahalliy brend tovarlari kabi 4 milliondan ziyod tovarlarni taklif qilmoqda.

ZoodMall hududiy marketpleys modeli til, to‘lov usullari va logistika cheklovlarini bartaraf etib, xaridlarning ilk mahalliylashgan tajribasini taqdim etadi va shu bilan o‘z maqsadli bozorlarida xizmatlar bilan yetarli darajada ta'minlanmagan foydalanuvchilar uchun, mobil telefonlari orqali uzluksiz va samarali ish faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.

ZoodMall'ning bosh direktori Maykl Xoy:

ZoodMall xaridlar ilovasi bizning “Hozir xarid qil, keyin to‘la” ZoodPay shaxsiy uslubimiz orqali xorijiy va mahalliy tovarlarni xarid qilishning noyob va yagona tajribasini taklif etadi. Mijozlar onlayn tarzda har qanday foizlar va qo‘shimcha to‘lovlarsiz 0, 30 va 60 kun davomida uchga bo‘lib, muddatli to‘lov asosida 30 000 dan ortiq sotuvchilardan uchta bir xil qiymatdagi 4 million dona mahsulot topishlari mumkin.

Bizning hududiy strategik sheriklarimiz yordamida ZoodMall, yirik va keskin o‘sib borayotgan B2C marketpleys bozorida o‘zining yetakchi o‘rnini tezkorlik bilan mustahkamlab boradi. O‘zining iqtisodiy samarali mahsuloti va “Hozir xarid qil, keyin to‘la” to‘lov modeliga tayangan holda, ZoodMall MDH va Yaqin Sharqdagi 15 dan ziyod davlatlarda 200 milliondan ortiq maqsadli bozorga chiqib olishni rejalashtirmoqda.

ZoodPay foizsiz va qo‘shimcha to‘lovlarsiz yangi muddatli to‘lov xizmatidan O‘zbekistonda ZoodMall ilovasi orqali foydalanish mumkin. Batafsil bu yerda tanishing.

ZoodMall ilovasi haqida qo‘shimcha ma'lumot olish uchun veb-saytga tashrif buyuring yoki ilovani Google Play yoki App Store'dan yuklab oling.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid