Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmadagi nefrit karerida yuz bergan ko‘chkida 162 kishi halok bo‘ldi
Myanmaning Kachin shtatidagi nefrit karerida yuz bergan ko‘chkida 162 kishi halok bo‘ldi. Nefrit qazib olish ishlari rasmiy idoralarning kuchli yomg‘irlar haqidagi ogohlantirishiga qaramay davom etgan.
Voqea mahalliy vaqt bilan soat 8 atrofida Pxakanda yuz bergan. Mavsumiy yomg‘irlar oqibatida 300 metrdan balandroq qoyadan tog‘ jinslari ko‘chkisi yuz bergan.
Voqea joyida qutqaruv operatsiya olib borilmoqda, ko‘chki ostida odamlar qolayotgan bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, 54 kishi jarohat olgan, ular shifoxonalarga yetkazilgan.
Pxakandagi nefrit karerlarida halokatli ko‘chkilar tez-tez yuz berib turadi. Karerlar ma'muriyatlari og‘ir texnika ishlovchi karerlarda xususiy qazib oluvchilar ishlashiga ruxsat beradi. Ular shundoq karer chekkalarida joylashib, texnika o‘tkazib yuborgan toshlarni izlash bilan shug‘ullanishadi. Aksariyat hollarda aynan ular ko‘chkilar qurbonlari bo‘ladilar.
Mavzuga oid
22:11 / 09.02.2026
Sitsiliyadagi shahar ko‘chki tufayli jar yoqasiga kelib qoldi
20:21 / 10.07.2025
Hindistonda it 67 kishini ko‘chkidan qutqarib qoldi
07:51 / 28.06.2025
Kolumbiyada yuz bergan ko‘chki oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
15:50 / 30.05.2025