Jamiyat | 12:05 / 03.07.2020
34408
1 daqiqa o‘qiladi

Diplomat Mirsobit Ochilov vafot etdi

O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining Yaponiya bilan hamkorlik qilish bo‘yicha maslahatchisi Mirsobit Ochilov vafot etdi. Bu haqda vazirlik xabarida aytilgan.

Bildirilishicha, bundan avval O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi rahbari, "Chiqayotgan Quyosh, Oltin va Kumush Yulduz" imperator ordeni sohibi bo‘lgan Mirsobit Ochilov 2020 yil 2 iyulda vafot etdi.

M. Ochilov 1999 yilda parlament saylovlarida tanlangan, O‘zbekiston Respublikasi II chaqiriq Oliy Majlisining deputati, professor, iqtisod fanlari doktori, Bank-moliya akademiyasining birinchi rektori, 1-darajali favqulodda va muxtor elchi, 2001 - 2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi sifatida ishlagan.

Vazirlik jamoasi marhumning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirgan.