Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla yangi rekord o‘rnatdi
Foto: David Zalubowski / AP
Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning Tesla kompaniyasi kapitallashuvi qatorasiga 5 kun davomida kuniga o‘rtacha 14 mlrd dollardan oshib borib, qiymati o‘sishi borasida yangi rekord o‘rnatdi.
Bloomberg axborot agentligining yozishicha, korxona kapitallashuvi 254,2 mlrd dollarga yetgan. U 5 kun davomida “Detroyt uchligi” deb ataluvchi AQShning uchta yetakchi avtomobilsozlik kompaniyasi - General Motors, Ford Motor va Fiat Chrysler’ning umumiy kapitallashuviga teng qiymatga qimmatlashgan.
Tesla 2 iyulda joriy yilning 2-choragida mijozlarga 90650 ta avtomobil yetkazib berganini ma'lum qilgan. Vaholanki, tahlilchilar kompaniya 83 mingta avtomobil yetkazib berishini prognoz qilishgan. Ekspertlarning ta'kidlashicha, Tesla aksiyalariga kompaniyaning inqirozdan keyin yuqori sur'atlarda tiklanayotgani ham ijobiy ta'sir qilmoqda. Boshqa avtomobilsozlik kompaniyalarining ko‘rsatkichlari esa aksincha pandemiya sababli qisqarmoqda.
Tesla kompaniyasi kapitallashuvi bo‘yicha S&P 500 fond indeksida taqdim qilingan barcha 500 kompaniyani deyarli ortda qoldirdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya aksiyalarining bir donasi narxi 1371 dollarga yetgan.
Tesla aksiyalari narxi iyunda ilk bor ming dollardan oshgandi va buning evaziga kapitallashuvi 185,3 mlrd dollarga yetgandi. Tahlilchilar kompaniyaning rekord darajada qimmatlashishini Xitoyda Tesla Model 3 modeliga talab oshayotgani bilan bog‘lashmoqda. Umuman olganda, kompaniya aksiyalari narxi bir yil davomida deyarli 5 marta oshgan.
Mavzuga oid
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
08:10 / 09.04.2026
Elektromobillar poygasi: kim dunyoda yetakchi?
10:07 / 30.01.2026
Tesla Model S va Model X elektromobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatmoqda
13:58 / 03.01.2026