O‘zbekistonda bir kunda koronavirusdan 5 o‘lim holati qayd etildi
Toshkentda 29 iyun koronavirusga chalingani qayd etilgan 72 yoshli bemor 8 iyul kuni vafot etdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda 72 yoshli bemor koronavirusdan vafot etgani haqida xabar berdi.
«Mirobod tumanida yashovchi 72 yoshli L.S. (ayol) 29 iyundan 1-son Respublika klinik shifoxonasida Covid-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning o‘ta og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligining 3-darajasi, surunkali yurak qon-tomir yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.
Shuningdek, bemor bundan avval yurak ishemik kasalligi, zo‘riquvchi stenokardiya, gipertoniya kasalligining 3-darajasi, qandli diabetning 2-turi (insulinga muhtoj), diabetik nefropatiya, angiopatiya, retinopatiya, polineyropatiya, yog‘li gepatozning 2-darajasi, surunkali pankreatit bilan davolanib yurgan va nazoratda turgan.
Dinamikada bemorning holati og‘irlashganligi sababli 4 iyul kuni u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga o‘tkazilgan. Klinikada bemor bir necha marta Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan konsultatsiya qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.
Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Shu tariqa bugun O‘zbekistonda koronavirus tufayli jami 5ta o‘lim holati qayd etildi va bu koronavirus pandemiyasi davridagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Kun davomida Toshkentda 3, Qoraqalpog‘iston va Navoiyda bittadan holat qayd etildi va jami o‘lim holatlari soni 45taga yetgan.
Shu vaqtgacha Toshkentda 27, Namanganda 4, Samarqandda 3, Buxoro, Surxondaryo, Jizzax va Navoiyda 2tadan, Farg‘ona, Qashqadaryo va Qoraqalpog‘istonda bittadan o‘lim ro‘y berdi.
Mavzuga oid
18:29 / 22.10.2021
O‘zbekistonda kovid qurbonlari soni rasman 1300ga yetdi, SSV kunlik holatlar kamaymayotganini ma'lum qildi
19:46 / 08.07.2021
Qonunchilik palatasi deputati koronavirus tufayli vafot etdi
10:08 / 08.04.2021
Koronavirus: So‘nggi bir kunda 200ga yaqin holat aniqlanib, bir bemor vafot etdi
10:07 / 07.04.2021