To‘rt hududda aholi orasida yangi holatlar aniqlandi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 159 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 10 iyul kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11 723 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 29 nafari Toshkent shahrida, 10 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Xorazm viloyatida hamda yana 5 nafari Jizzax viloyatida aholi orasida, 17 nafari Navoiy viloyatida va 15 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.
9 iyul kuni O‘zbekistonning 10 hududida jami 472ta yangi kasallanish holati qayd etildi (bu yangi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi), shundan 275 nafari karantin muassasalarida, 190 nafari aholi orasida, 7 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.
Shuningdek, 227 nafar bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 7287 nafarga yetdi.
Ayni vaqtda shifoxonalarda 4384 nafar bemor davolanmoqda, shundan 42 nafari og‘ir, 9 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:14 / 13.05.2022
Shimoliy Koreya COVID-19’dan ilk o‘lim holatlari haqida xabar berdi
22:17 / 11.05.2022
Shanhaydagi koronavirus: qat’iy lokdaun, dezinfeksiya, shifoxonaga esa faqat hokimiyat ruxsati bilan
18:01 / 07.05.2022
Pekinda koronavirus tarqalishi sababli metro stansiyalari yopilmoqda
18:02 / 03.05.2022