Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Test sinovlariga 2 soat vaqt ajratiladi
Bugun, 8 avgust kuni AOKAda tashkil etilgan matbuot anjumanida Davlat test markazi direktori Majid Karimov 2 sentyabrda boshlanishi rejalashtirilayotgan test sinovlariga 2 soatdan vaqt ajratilishini ma'lum qildi.
“Test sinovlari uchun abituriyentlarga 2 soat vaqt beriladi. Ertalabki smenalar soat 8:00da boshlanib, 10:00da tugaydi, kechki smenalar esa soat 17:00da boshlanib, 19:00da yakunlanadi. Soat 10.00 va 17.00 oralig‘ida stadionda hech kim bo‘lmaydi. Abituriyentlar maxsus dezinfeksion yo‘lakdan o‘tadi, ularga tibbiy niqob beriladi hamda antiseptik vositalar ishlatiladi. Test sinovlari stadionda bo‘layotganligini inobatga olib, abituriyentlarga qo‘shimcha ravishda oq bosh kiyim (kepka) tarqatiladi,” – dedi Karimov.
Shuningdek, Majid Karimov test sinovlariga ajratilgan vaqt nima sababdan 3 soatdan 2 soatga o‘zgartirilganligiga izoh berdi.
“Har yili test sinovlari uchta fandan o‘tkazilar va uchta fanga uch soat vaqt berilar edi. Bu yil esa istisno tariqasida test sinovlari ikkita fandan o‘tkaziladi. Sharoitdan kelib chiqib, qo‘shimcha fanlar olib tashlandi. Bundan tashqari, test sinovlari ancha soddalashtirilgan va osonlashtirilgan”, dedi u.
Mavzuga oid
17:44 / 25.05.2026
Oliygohlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
17:41 / 11.02.2026
2026 yilgi test imtihonlarida topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi
18:25 / 13.01.2026
Harbiy xizmatni o‘taganlarga foizsiz ta’lim krediti beriladi
19:58 / 30.12.2025