O‘zbekiston | 13:18 / 19.08.2020
148155
2 daqiqa o‘qiladi

Avtomobillar narxi 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha tushirilishi mumkin 

Yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qilish topshirig‘i berildi.

Foto: GM Uzbekistan

Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tomonidan UzAuto Motors AJda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilishi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ishning davomi bugun ko‘rib chiqildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G‘aniyevning yozishicha, qo‘mitaning maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar kompaniya avtomobil narxlarini asossiz oshirganini tasdiqladi. Unga ko‘ra avtomobillar narxlari 3 mln so‘mdan 19 mln so‘mgacha asossiz oshirilgani aniqlandi.

Shunga ko‘ra komissiya UzAuto Motors AJga bugundan boshlab narxlarni asossiz oshirilgan qismini bekor qilib, avtomobillarni kamaytirilgan narxlarda sotish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Shuningdek, mart oyidan buyon, ya'ni yangi asossiz oshirilgan narxlarda avtomobillarni sotib olgan mijozlar bilan qayta hisob kitob qilish topshirig‘i berildi.

“Komissiya qarori majburiy kuchga ega. Lekin kompaniya komissiya qaroridan norozi bo‘lsa, sudga berishi va jarayon hali davom etishi ham mumkin”, - deb yozadi deputat.

Avvalroq, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi UzAuto Motors AJga nisbatan ish qo‘zg‘atgani xabar berilgandi

Mavzuga oid