Qo‘shfamiliyaga ega fuqarolarning farzandiga qay tarzda familiya berilishi ma'lum bo‘ldi
Davlat xizmatlari agentligi qo‘shfamiliyaga ega bo‘lgan fuqarolarning farzandiga qay tarzda familiya berilishi haqida ma'lumot berdi.
“Oila kodeksining 69-moddasiga asosan, bolaning familiyasi ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Ota-ona turli familiyalarda bo‘lganda ota-onaning kelishuviga binoan bolaga otasining yoki onasining familiyasi beriladi.
Ota-onaning xohishiga ko‘ra, bolaga ota yoki ona tomonidan milliy an'analarga ko‘ra boboning ismi bo‘yicha familiya berilishi mumkin”, - deb tushuntirmoqda DXA.
Eslatib o‘tamiz, hukumat tomonidan tasdiqlangan FHDYo sohasiga oid qaror bilan nikohlanuvchilarga qo‘shfamiliyalikka ruxsat berildi.
Masalan, kuyov Ahmedov kelin Shuhratova bo‘lsa, shunda kuyov Ahmedov-Shuhratov, kelin esa Ahmedova-Shuhratova bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
07:30 / 15.03.2024
O‘zbekistonda ikki oyda qancha nikoh qayd etilgani aytildi
18:21 / 05.01.2024
O‘zbekistonda 2023 yili eng ko‘p qo‘yilgan ismlar ma’lum qilindi
18:37 / 23.10.2023
Nikoh, oila va fuqarolik holati dalolatnomasini qayd etish sohasidagi hujjatlar tizimlashtiriladi
08:23 / 10.07.2023