Jahon | 23:14 / 07.09.2020
21074
2 daqiqa o‘qiladi

Aktyor Tom Kruz suratga olish vaqtida xavfli tryukni bajardi (foto)

Amerikalik mashhur aktyor, katta yoshiga qaramay hanuzgacha filmlardagi xavfli sahnalarni o‘zi bajaradigan sanoqli yulduzlardan biri Tom Kruz navbatdagi marta o‘z muxlislarini hayratlantirdi.

Foto: : Geir Olsen / NTB scanpix / Scanpix / LETA

Aktyor “Bajarib bo‘lmas vazifa” filmining 7-qismida suratga tushishni boshladi. Kruz suratga olish jarayonida xavfli sahnalardan birini dublyorsiz o‘zi ijro etdi. 

58 yoshli aktyor tog‘dan mototsiklda sakragan. Bularning barchasi Norvegiyadagi ulkan tog‘ tramplinida yuz bergan. Ushbu sahnani suratga olish uchun maqbul ob-havoni bir necha kun kutishga to‘g‘ri kelgan.

Guvohlarning ta'kidlashicha, Kruz tryukni bir necha marta bajargan. Bu hodisa ortidan uning muxlislari kuzatib turgan.

Tryukka tayyorgarlik ishlari ancha vaqt olgan. Jumladan, tramplinning o‘zi uch hafta davomida qurilgan.

Avvalroq aktyor ushbu filmning suratga olish jarayonida boshqa bir tryukni bajarish vaqtida avariyaga uchragandi.

“Bajarib bo‘lmas vazifa 7” (Mission: Impossible 7) filmi premerasi 2021 yil noyabriga belgilangan. Filmning keyingi – 8-qismi esa 2022 yilda ekran yuzini ko‘radi.

Mavzuga oid