Jahon | 20:44 / 07.09.2020
7766
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning ikki farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinalarini namoyish etdi

Ma'lumot berilishicha, hozirda klinik sinovlarning uchinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar yil oxiriga qadar ulardan foydalanishga ruxsat olish umidida.

Photo: REUTERS / Dado Ruvic

Xitoyning birdaniga ikkita farmatsevtika kompaniyasi o‘zlarining koronavirusga qarshi ishlab chiqqan vaksinalarini namoyish etdi. Bu haqda Osiyo OAV xabar bermoqda.

Vaksinalar Sinovac Biotech va Sinopharm kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan. Namunalar Pekindagi ko‘rgazmada namoyish etildi.

Ma'lumot berilishicha, hozirda klinik sinovlarning uchinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. Ishlab chiqaruvchilar yil oxiriga qadar ulardan foydalanishga ruxsat olish umidida.

Dunyoda ayni paytda 100dan ortiq vaksina ishlab chiqilmoqda. Rossiya jahonda birinchi bo‘lib 11 avgustda "Sputnik V" nomini olgan koronavirusga qarshi vaksinasini ro‘yxatdan o‘tkazgandi.

Mavzuga oid