JSST koronavirusga qarshi vaksina samarali deb topilishining mezonlarini ma'lum qildi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirusga qarshi vaksina kasallanish holatlarining 50 foizida bir necha oy davomida foyda bersa, uni samarali deb topadi. Bu haqda JSSTning bosh ilmiy xodimi Sumiya Svaminatan aytib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, vaksina samaradorligi 70 foiz va undan ko‘p bo‘lsa u mukammal hisoblanadi, biroq vaksina samarador deb topilishi uchun 50 foiz samaradorlik yetadi.
Svaminatanning aytishicha, JSST vaksina samaradorligining eng past chegarasini 30 foiz darajasida o‘rnatgan. Bunday samaradorlikka ega vaksinalar aholi salomatligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Bundan tashqari, vaksinaning xavfsizligi ham hisobga olinadi. U vaksina qabul qilinishi natijalari ortidan bir necha oy davomida olib boriladigan kuzatuvlar asosida baholanadi.
Mavzuga oid
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024
Dunyodagi eng halokatli infeksiya nomi ma’lum bo‘ldi
17:08 / 30.10.2024
Dunyoda silga chalinish holatlari oshdi – JSST
00:26 / 27.10.2024