Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp bir shart bilan hokimiyatdan tinch ketishga rozi bo‘ldi
Foto: Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlarida raqibi Jo Baydenga mag‘lub bo‘lsa va buni oliy sud tasdiqlasagina, hokimiyatdan tinch ketishga rozi bo‘ladi.
“Bu qarorga [Oliy sud qarori] rozi bo‘laman. Biroq fikrimcha, bungacha yetib borishimizga ancha yo‘l bosib o‘tishimiz kerak”, deb aytgan Tramp.
Avvalroq Tramp partiyasi - Respublikachilar partiyasida noyabrda o‘tadigan saylovlardan keyin hokimiyat tinch topshirilishi aytilgan. AQSh kongressi senatidagi respublikachilar yetakchisi Mitch Makkonnell hokimiyatni topshirish jarayoni belgilangan tartibda o‘tishiga va'da bergan.
Bundan ham avvalroq Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan brifingda hokimiyatning topshirilishi tinch o‘tishini kafolatlashi haqida berilgan savolga javob berishdan qochgan. “Ko‘ramiz, nima yuz beradi”, deb aytgan AQSh prezidenti bunga javoban. Shu bilan birga, Tramp saylovlar natijalariga ko‘ra hokimiyatni biror-bir kimga topshirishiga ehtiyoj paydo bo‘lishiga shubha bildirgan. AQSh prezidenti pochta orqali ovoz berish saylovlarda yutqazishining yagona sababi bo‘lishini aytgan.
Demokratik partiyada Tramp saylovlarda yutqazsa, Oq uyni tinch tark etishga tayyorligiga shubha bildirib kelinmoqda. Trampning bo‘lg‘usi saylovlar bo‘yicha bosh raqibi Jo Bayden bunday holda Trampni harbiy to‘ntaruv kutishidan ogohlantirgan.
Mavzuga oid
01:00
AQShda qor bo‘roni sababli 10 mingdan ortiq reys bekor qilindi
21:54 / 24.01.2026
AQSh Venesuelada qo‘llagan “sirli qurol” tafsilotlari ma’lum qilindi
13:18 / 24.01.2026
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:07 / 24.01.2026