Jahon | 11:10 / 27.09.2020
9209
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya Turkiya va AQShni o‘z hududini bosib olishda aybladi

Suriya tashqi ishlar vaziri Valid Muallim Turkiya va AQShni Suriya hududini noqonuniy bosib olishda aybladi. Suriyalik diplomat bunday bayonot bilan BMT Bosh assambleyasidagi debatlar davomida chiqdi.

Foto: Reuters

Vazirning ta'kidlashicha, Damashq o‘z hududlarining okkupatsiya qilinishini to‘xtatish uchun hech qanday kuchni ayamaydi. Uning aytishicha, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikka qarshi siyosat va harakatlar to‘xtatilishi lozim.

Bundan tashqari, Muallimning ta'kidlashicha, Turkiya Suriyada “Jibhat an-Nusra” terrorchi guruhini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda hamda Ostona va Sochidagi sammitlarda erishilgan kelishuvlarni bajarmayapti.

“Ular [Turkiya] Suriyadagi o‘rtamiyona muxolifatdan terrorchilar va yollanma jangchilarni Liviyaga tashlamoqda, Iroq suverenitetini buzmoqda, qochqinlardan Yevropa bilan savdolashishda foydalanmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Muallim.
 
Suriya vakilining aytishicha, Vashington va Anqara terrorchi-agentlari, ayirmachilar yoki noqonuniy tashkilotlar orqali Suriya suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligini buzmoqda.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid