23:17 / 08.10.2020
21983

Osiyoda Ozmun zo‘rmi yo Shomurodov? O‘zbekiston – Eron uchrashuvidan fotogalereya

Bu savolga har kim o‘zicha javob berar, ammo bir savolga javob aniq: O‘zbekiston yana Eronga mag‘lub bo‘ldi (1:2).

Azaliy va o‘ta noqulay raqibimiz bu safar ham Toshkentdan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi. Yagona ovunchoq, agar u rostdan ham ovutsa, uyimizda nihoyat forslar darvozasiga gol urdik. «Zenit» forvardi goliga «Jyenoa» hujumchisi javob bera olgani muxlislar uchun taskin o‘laroq, aqalli. Ehtimol, bu boshlanishidir, a?

Milliy jamoamiz o‘yinida talay muammolar ko‘zga tashlandi. Himoyada ham, yarimhimoyada ham ko‘ngildagidek o‘ynolmagan jamoamizni aksiga olib, darvozabon ham qutqarmadi. Qutqarmadigina emas...

Markazni forslarga boy berganimiz, mobillikda ancha ortda qolganimiz, pozitsion xatolar – bularning barchasi bugungi eksperimental tarkib va yosharayotgan jamoamiz hamda murabbiy kamchiliklari.

Legionerlarning barchasi, umuman, optimal tarkib bo‘lganida, ehtimol, natija va o‘yin ham boshqacha bo‘lardi.

Ha, bu bir o‘rtoqlik o‘yini, ammo aynan Eron kabi raqiblar biz uchun katalizator! 

O‘yindan fotogalereya esa sizga, ehtimol, pozitiv holatni ham taqdim etar?! 

Har nechuk, suratkashimiz siz uchun harakat qilgan. Tomosha qiling. Suratlar «gapiradi»!

Suratlar muallifi - Muhammadjon G‘aniyev

Top