O‘zbekiston | 21:48
1801
3 daqiqa o‘qiladi

Milliy jamoa mundialga kuzatildi, «ko‘klar» nazorat o‘yinida «oqlarni» yengdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 may kuni Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatiga kuzatish marosimida ishtirok etdi. Yakunda yig‘inga jalb etilgan futbolchilardan iborat «ko‘klar» va «oqlar» nazorat o‘yini o‘tkazildi.

Foto: Kun.uz 

Davlat rahbari stadionda to‘plangan yurtdoshlar, futbol muxlislari, milliy jamoa a’zolari, murabbiylar shtabi va sport jamoatchiligi vakillarini katta futbol bayrami bilan tabrikladi.

Prezident milliy jamoa a’zolariga murojaat qilib, xalq ularga oq fotiha berib, katta mundialga kuzatayotganini ta’kidladi. Oldinda Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR milliy jamoalari bilan muhim o‘yinlar kutib turgani, futbolchilar katta kuch-g‘ayrat va ishonch bilan maydonga chiqishi zarurligi qayd etildi.

– Shuni bilingki, biz doim sizlar bilanmiz. Haqiqiy o‘zbekona jasorat, matonat va irodangiz bilan chiroyli va ishonchli o‘yin ko‘rsatib, barchamizni xursand qilasiz deb ishonamiz, dedi Mirziyoyev.

Tadbir yakunida milliy jamoaning nazorat o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda yig‘inga jalb qilingan futbolchilardan iborat ikkita jamoa bellashdi.

O‘zbekiston-1 (ko‘klar) — O‘zbekiston-2 (oqlar) - 4:3

Gollar: Farruh Sayfiyev (19), Azizbek Amonov (29), Akmal Mozgovoy (45), Husayn Norchayev (90) - Quvondiq Ro‘ziyev (47), Dostonbek Hamdamov (56), Nodirbek Abdurazzoqov (82).

O‘zbekiston-1: O‘tkir Yusupov, Muhammadqodir Hamraliyev, Farruh Sayfiyev, Muhammadrasil Abdumajidov, Akmal Mozgovoy, Sherzod Esanov, Jamshid Iskanderov, Umar Eshmurodov, Ruslan Jiyanov, Aziz Amonov, Alisher Odilov.

Zaxira: Botirali Ergashev, Aziz G‘aniyev, Sherzod Temirov, Abdulla Abdullayev, Husayn Norchayev, Abbos Fayzullayev, Sardor Bahromov.

O‘zbekiston-2: Abduvohid Ne’matov, Avaz O‘lmasaliyev, Hojiakbar Alijonov, Nodir Abdurazzoqov, Odil Hamrobekov, Oston O‘runov, Doston Hamdamov, Quvondiq Ro‘ziyev, Igor Sergeyev, Diyor Ortiqboyev, Jahongir O‘rozov.

Zaxira: Vladimir Nazarov, Umarali Rahmonaliyev, Otabek Shukurov, Jasur Jaloliddinov, Jaloliddin Masharipov, Behruz Karimov.

Qayd qilish joiz, bosh murabbiy Fabio Kannavaro jahon chempionatida ishtirok etadigan 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy ro‘yxatni hali e’lon qilmadi. U buni 1 iyungacha qilishi kerak.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid