O‘zbekiston | 08:01 / 16.10.2020
12337
1 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlandi

Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Tohir Rapiqov Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlandi. 

Tohir Rapiqov / Foto: Namangan viloyati hokimligi

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Tohir Rapiqov Vazirlar Mahkamasida agrar va oziq-ovqat sohalarini  rivojlantirish masalalari kotibiyatini boshqaradi. 

T. Rapiqov 1974 yilda Chust tumanida tug‘ilgan. 1996 yilda Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1996 yilda Chust tumani agroxizmat uyushmasi mutaxassisligidan boshlagan. 1997—2000 yillarda tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi yetakchi va bosh mutaxassisi, 2000—2005 yillarda statistika bo‘limi bosh mutaxassisi va boshlig‘i, 2005—2007 yillarda tuman hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2007—2009 yillarda Namangan viloyati hokimligining axborot-tahlil guruhi rahbari, 2009—2016 yillarda Yangiqo‘rg‘on tumani, 2016—2019 yillarda esa Mingbuloq tumani hokimi bo‘lgan.

Tohir Rapiqov 2019 yildan hozirgacha Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid