Jahon | 21:21 / 16.10.2020
4054
1 daqiqa o‘qiladi

YeI yetakchilari Turkiyani Kipr yaqinida georazvedka ishlarini to‘xtatishga chaqirdi

Oxirgi oylarda Anqaraning Sharqiy O‘rta Yer dengizida geologik razvedka ishlari olib borishni faollashtirishi natijasida ushbu mintaqada vaziyat keskinlashdi.

Foto: AP

 YeI yetakchilari ikki kunlik sammit yakunlari bo‘yicha Turkiyani Sharqiy O‘rta Yer dengizida geologik razvedka ishlaridan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda YeI davlatlari va hukumatlari rahbarlarining qo‘shma bayonotida aytilgan.

"YeI kengashi Turkiyani ushbu faoliyatdan voz kechishga va muntazam hamda mustahkam asosda keskinlikni yumshatish ustida ish olib borishga chaqiradi", - deyiladi bayonotda.

Oxirgi oylarda Anqaraning Sharqiy O‘rta Yer dengizida geologik razvedka ishlari olib borishni faollashtirishi natijasida ushbu mintaqada vaziyat keskinlashdi.

Turkiya Gretsiya va Kipr o‘zlarining alohida iqtisodiy hududi deb hisoblaydigan suvlarda geologik razvedka ishlarini olib bormoqda. Bu Anqara va YeI o‘rtasidagi qarama-qarshiliklarga sabab bo‘lmoqda. 

Mavzuga oid